Toşkentdagi quriliş obektida 23 yoşli yigit boşiga qolip tuşib ketişi oqibatida vafot etgani xabar qilingandi. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi uşbu holatni örganib çiqdi.

Ma’lum bölişiça, mazkur obekt Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-sonli qaroriga asosan Toşkent şahar quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan örnatilgan tartibda röyxatga olingan.

Buyurtmaçi MÇJ Davlat xizmatlari agentligi orqali Toşkent şahar Yangihayot tumani «Yangi darxon» MFY hududida 4 ta 17 qavatli uy-joylar qurilişi uçun röyxatdan ötgan. Keyinçalik quriliş işlari subpudratçi MÇJga topşirilgan.

Quriliş-montaj işlari hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan muntazam nazorat qilib borilgan. Xususan, bajarilişi zarur bölgan 10 ta yozma körsatma berilgan. Biroq  iş jarayonidagi ehtiyotsizlik sabab 2024 yilning 11 mart kuni qurilişda işlab kelayotgan 2001 yilda tuğilgan Ş.B.ning boşiga 14-qavatdan qolip-opalubka tuşib ketişi natijasida u vafot etgan.

“Şu örinda quriliş obekti iştirokçilari, şuningdek,  buyurtmaçi, pudratçi va texnik nazoratçilarning quriliş maydonlaridagi işçilar uçun xavfsiz şaroitlarni yaratib berişga mas’ul ekanliklarini yana bir karra eslatib ötamiz. Zero, mehnat muhofazasiga amal qiliş bilan sodir bölişi mumkin  bölgan har qanday baxtsiz hodisalarning oldini oliş mumkin”, deyiladi vazirlik bayonotida.