12 mart kuni tongda Rossiyaning Belgorod va Kursk oblastlari hududlarida rossiyalik harbiylar hamda Ukraina tomonidagi qurollangan tuzilmalar örtasida janglar boşlandi, deb xabar bergan rossiyalik harbiy muxbirlar.

Rossiyalik harbiy bloger Semyon Pegov muallifligidagi WarGonzo telegram-kanali «pikaplardagi qurollangan guruhlar» minomyot va artilleriya zarbalari qöllovida Belgorod oblastida çegarani buzib ötişga harakat qilganini ma’lum qilgan. Kanal ma’lumotiga köra, çegaradan yorib kirişga uriniş Xarkiv oblastining Odnorobovka aholi yaşaş manzili hududidan amalga oşirilgan va Belgorod oblasti tomon 50 ga yaqin kişi harakatlangan.

WarGonzo yozişiça, jang natijasida qurolli guruhlar özlarining dastlabki pozitsiyalariga çekingan, bu yerda ularning ustiga «uzoq masofadan zarba beriş vositalari bilan öq yoğdirilgan». Harbiy muxbir taxminiga köra, bu hududda faqat «Rossiya köngillilar korpusi va Sibir batalyoni terrorçilari harakatlangan».

Belgorod oblastiga hujum haqida VGTRK korrespondenti Andrey Rudenko ham xabar bergan. Uning sözlariga köra, bu yerda „razvedka janglari“ bölib ötgan. Uning tasdiqlaşiça, rossiyalik harbiylar hujum qilganlarning uçta zirhli transportyorini yöq qilgan. Rudenko Moskva vaqti bilan taxminan soat 08:00 larda „hozirda janglar davom etmoqda“ deb yozgan. 

Rudenko Kursk oblastining Tetkino aholi yaşaş manzilida ham çegarani buzib ötişga uriniş kuzatilganini xabar qilgan. Uning ma’lumotiga köra, „duşman kuçlarining bir qismi yakson etilgan, qolgani çekingan“. 

WarGonzo manbasi tasdiqlaşiça, Tetkino hududidagi birinçi jang taxminan soat 8 da boşlangan. Baza telegram-kanali öqotar qurollar vositasida olib borilgan jang vaqtida ikki kişi jarohatlangani, ulardan biri — mahalliy aholi vakili ekanini xabar qilgan. 

„Starşe Eddi“ harbiylaşgan telegram-kanali Belgorod oblastida „duşman kuçlari zirhlangan manyovr guruhlar, piyodalar va yengil texnikalar bilan Grayvoronsk yönalişida yorib ötişga harakat qilgani“ haqida yozgan. „Davlat çegarasining bir qança uçastkalarida öta şiddatli janglar olib borilmoqda“, — deyilgan xabarda.

«Rossiyaga ozodlik» legioni rahbari, «Tsezar» laqabli Maksimilian Andronnikov bir guruh jangçilar qurşovida turib bayonot berdi

„Rossiyaga ozodlik“ legioni tanklar bilan çegara kesib ötilişi aks etgani aytilgan kadrlarni namoyiş