«Barselona» ötgan mavsum yarimfinalçisini turnirdan çiqarib yubordi

«Barselona» — «Napoli» 3:1
Gollar: Lopes (15), Kanselu (17), Levandovski (83) — Rrahmani (30).
«Barselona» – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Kanselu, Kristensen (Romeu, 61), Gundöğan, Fermin Lopes (Serxi Roberto, 60), Rafinya (Feliks, 81), Yamal, Levandovski.
«Napoli» – Meret, Di Lorenso, Jyezus, Rrahmani, Mariu Ruy (Olivera, 64), Lobotka, Zambo-Angissa, Traore (Raspadori, 78), Politano (Lindstrem, 64), Kvaratsxeliya (Ngonj, 90+3), Osimhen
Ogohlantirişlar: Kristensen (19), Yamal (44), Jyezus (45), Traore (63), Olivera (67).
Birinçi öyin — 1:1.
«Barsa» – Yevropaning top-8 jamoalari qatorida. Ispaniyaning amaldagi çempionlari Italiyaning amaldagi çempionlari darvozasiga uçta gol urdi va Çempionlar ligasidagi kuraşni davom ettiradigan böldi.
«Barselona» YeÇL pley-offida bir vaqtning özida 18 yoşdan kiçik bölgan ikki futbolçini boşlanğiç tarkibda tuşirgan ilk jamoaga aylandi. Xavi 17 yoşli markaziy himoyaçi Kubarsi va 16 yoşli vinger Yamalni ilk daqiqalardan öynatdi. Lamin uçun «Napoli»ga qarşi öyin – YeÇLdagi sakkizinçisi böldi, bu yoşdagi futbolçilar asosiy yevrokubokda köpi bilan tört öyin ötkazgan. Kubarsi uçun esa bu turnirdagi debyutga aylandi. Bundan taşqari, Frenki de Yong va Pedrining jarohati tufayli 20 yoşli Fermin Lopes asosiy tarkib futbolçisiga aylanmoqda.
«Barselona»ning porlayotgan yoş yulduzlari ilk daqiqalardanoq diqqat markazida turdi. Kubarsi jamoasi jarima maydoni içida Osimhendan töpni olib qöyib xavfni bartaraf etgan bölsa, Yamal öyindagi ilk xavfli zarba muallifi böldi. Umuman olganda, intensiv va tomoşabop keçdi. Jamoalar raqibni şunçaki pozitsion mudofaada kutmasdan, bir-birini ança oldinroqda qarşi olişdi va pressing bilan xatolarga majbur qilişdi. Özini haddan taşqari erkin his qilmasligi uçun Yamalni bir neça bor yiqitişdi, niderlandiyalik hakam Makkeli esa öynaşga qöyib berdi.
«Napoli» himoyaçilar ortiga uzatmalar orqali Osimhenni oldinga boşlaşga urğu qaratdi (nigeriyalik forvard köpinça ofsaydda qolib ketdi), Xavi jamoasi ham şunday quroldan foydalandi. Şunday hujumlardan birida Fermin Kubarsining qoyilmaqom pasidan keyin yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi, ammo vaziyatdan foydalana olmadi. Ammo uşbu yarimhimoyaçi bir neça daqiqa ötib xatosini tuzatdi. «Barselona» töpga egalik qilayotganida uç himoyaçi orqada qoldi, Yamal va Kanselu esa qanotlarni kengaytirdi. Golli hujumni maksimal darajada qanot çiziğiga yaqin holatda oçilgan portugaliyalik futbolçini töp bilan ta’minlagan Kubarsi boşlab berdi, şundan keyin Kanselu Rafinyani oldinga boşladi, braziliyalik hujumçi esa raqib jarima maydoni markazida böş qoldirilgan Ferminni topdi. Çiroyli kombinatsiya töpga bir teginişda gol bilan yakunlandi.


















