Çirçiq şahri hokimi Davron Hidoyatov boşqa işga ötadi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev uning kelgusi faoliyatiga omad tilab, faxriy yorliq topşirgan. Davron Hidoyatovning qaysi işga ötişi haqida ma’lumot berilmagan.
Davron Abdulfattohoviç Hidoyatov 2021 yil noyabr oyida Toşkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilib, Çirçiq şahriga hokim qilib tayinlangan edi.
Davron Hidoyatov 1976 yilda tuğilgan, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998 yil) va Özbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvçisi. 1996−2004 yillarda Özbekiston Markaziy banki tizimida, 2004−2005 yillarda «Osiyo-Invest Bank» (Moskva) boşqaruvi raisi lavozimida, 2005−2009 yillarda Özbekiston Markaziy banki tizimida işlagan.
2009 yildan 2012 yilgaça GM Uzbekistan kompaniyasining moliya böyiça ijroçi direktori, 2012 yildan 2014 yilgaça MAN Auto-Uzbekistan QK boş direktori lavozimida işlagan.
2014−2017 yillarda Özbekiston Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni kuçaytiriş davlat qömitasi raisi, 2017−2018 yillarda Toşkent şahrining Çilonzor tumani hokimi, 2018−2021 yillarda Toşkent şahri hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.












