Erondagi Çahorşanbe-Suriy yangi yil bayrami oldidan ötkazilgan tadbirda 4 mingdan ortiq kişi jarohat oldi, ulardan 26 nafari halok böldi, deb xabar berdi Mehr.
Köçalarda gulxan yoqiş va pirotexnika vositalaridan foydalaniş oqibatida kamida 26 kişi halok bölgan. Ötgan yili uşbu bayram çoğida 700 dan ortiq kişi jarohatlangan, kamida 17 kişi halok bölgan edi.
Çahorşanbe-Suriy - Eronda yangi yil — Navröz arafasidagi qadimiy olov bayrami bölib, bahor kelişi va tabiatning qayta tuğilişini anglatadi. An’anaga köra, eronliklar şirin va nordon yonğoqlarning maxsus aralaşmasini iste’mol qiladilar va keçqurun köçalarda gulxan yoqib, uning ustidan sakrab ötadilar. Şuningdek, pirotexnika vositalaridan ham foydalanadilar.













