Ğazoda otaşkesim böyiça yangiliklar, AQŞning Ukrainaga yangi yordami va Putinning bayonotlari - kun dayjesti
|01:22 / 14.03.202415 0058 min
Sönggi kun içida dunyoda sodir bölgan eng muhim voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlar şarhi odatdagidek kundalik dayjestimizda.
Ğazodagi vaziyat
BMTning falastinlik qoçqinlarga yordam beriş va işlarni taşkillaştiriş böyiça Yaqin Şarqdagi agentligi boş komissari Filipp Lazzarini 7 oktyabrdan buyon Ğazoda öldirilgan bolalar soni dunyoda sönggi 4 yilda bölib ötgan jamiki uruşlarda ölgan bolalar sonidan ham oşganini e’lon qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Isroil yetakçilari Ğazoda öldirilgan bolalar uçun javob berişi şartligini ta’kidladi.
Erdöğanning sözlariga köra, sönggi 17 yillik qamal çoğida Ğazoni oçiq osmon ostidagi qamoqxonaga aylantirgan Isroil anklavni sönggi 5 oy içida faqat Ikkinçi jahon uruşi davrida kuzatilgan yirik konslagerga aylantirgan.
«Bu haqida faqat biz gapirayotganimiz yöq, kimda vijdon bölsa hammasini körib turibdi. Netanyahu va uning qotillari tarmoği biz bu haqda gapirsak taşvişga tuşib qolişmoqda va bizga antisemit yorliği yopiştiriş payida bölişmoqda. Lekin ular Erdöğanga haqiqatni sözlaşga xalaqit qila olmaydi. Bugun zolimni zolim, qotilni qotil deyişimizga monelik qila olişmaydi. Bizga hujum qilib genotsid faktini yaşirişga uriniş örniga, Isroil hukmdorlari Ğazoda oçlik va taşnalikdan ölayotgan gödaklar uçun javob berişlari kerak», — degan Turkiya prezidenti.
Ğazo uçun muzokaralar
HAMAS AQŞning Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş taşabbusiga rozi böldi, deb xabar qildi Al Arabiya naşri.
Naşrning nomi oşkor qilinmagan manbasiga köra, bu reja anklavda harbiy harakatlarni butunlay töxtatiş va garovga olinganlarni bosqiçma-bosqiç ozod qilişni nazarda tutadi.
Ammo Qatar tomoni bu xabarlarni rad etgan holda, sulh şartnomasi tomon biror siljiş yöqligini ta’kidlagan.
Qatar tomoni Ğazoda tinçlik örnatilişi uçun olib borilayotgan muzokaralarda vositaçilardan biri hisoblanadi. Ularga köra, Isroil va HAMAS Ğazoda öt oçişni töxtatiş va garovdagilarni ozod qiliş böyiça bitimga aslo yaqin emas. Ya’ni vaziyat «juda murakkab»ligiça qolmoqda.
«Biz kelişuvga yaqinlaşganimiz yöq, bu esa tomonlar kelişuvni amalga oşiriş böyiça joriy ziddiyatlarni hal qiliş uçun yagona fikrga kelganini körmayotganimizni bildiradi», — degan Qatar taşqi işlar vazirligi vakili Majid al-Ansoriy.
Mavzuga oid
Ukrainaga harbiy yordam
AQŞ Ukrainaga 300 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Reuters’ga köra, paketni moliyalaştiriş yaqinda qilingan xaridlar uçun Pentagonga qaytarilgan kreditlar hisobidan böladi.
«Bugun men prezident Jo Bayden nomidan Ukrainaning ayrim kritik ehtiyojlarini qondiriş uçun 300 mln dollarlik qurol-yaroğ va uskunalardan iborat şoşilinç yordam paketini e’lon qilaman», — degan AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Jyeyk Sallivan.
Politico naşriga köra, paketga esa kassetali raketalari 160 km masofaga uça oladigan eski ATACMS tizimlari, şuningdek, 155 mm diatermli gaubitsalar uçun qöşimça snaryadlar va HIMARS birvarakayiga öt oçiş tizimi uçun raketalar kiritişini ma’lum qilgan.
AQŞ tomonidan sönggi 250 mln dollarlik paket dekabr oyining oxirida Ukrainaga ajratilgan edi. Bu yordamni Kongress 2022 yildayoq tasdiqlagandi. Ukrainaga yangi yordam ajratiş masalasi hozir boşi berk köçaga kirib qolgan. Ajratilayotgan bu yordam ham Ukrainaga 1-2 haftaga yetadi xolos.
Darvoqe, xabarlarga köra, Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga 5 mlrd yevrolik yangi yordam paketini kelişişga juda yaqin kelişgan.
Polşa Çexiyaning Ukraina uçun snaryadlar sotib oliş taşabbusiga qöşildi, deb xabar beradi Bloomberg.
«Ha, biz bunda iştirok etyapmiz», — degan Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy Vaşingtonda .
Eslatib ötamiz, fevral oyining örtalarida Myunxen konferensiyasi çoğida Çexiya prezidenti Petr Pavel bir neça hafta içida Ukrainaga 500 mingta 155 mmli, 300 mingta 122 mmli artilleriya snaryadlar töplaş taşabbusini ilgari surgan va buning uçun pul yiğişni boşlab yuborgandi. Hozirga kelib uşbu taşabbusni Yevropaning 18 ta davlati qöllab-quvvatlagan.
Putinning uruş haqida bayonotlari
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy uruş boşlaş uçun öz armiyasi «texnik» jihatdan tayyor ekanini e’lon qilgan. Ammo yadroviy qurollarni Ukrainadagi uruş çoğida qöllamaymiz, degan Putin
«Harbiy-texnik jihatdan olib qaralsa, biz, albatta, yadroviy uruşga tayyormiz. Yadroviy kuçlarimiz doim jangovar şay holatda böladi», — degan Putin propagandaçi Dmitriy Kiselyovga bergan intervyusida.
Lekin Rossiya prezidenti Ukrainaga qarşi uruşda taktik yadroviy qurollardan foydalanişga ehtiyoj yöqligini ta’kidlagan, hattoki bunday fikr kallasiga ham kelmaganini aytgan.
Putin Rossiya davlatining mavjudligiga daxl qilinsa, uning suvereniteti va mustaqilligiga zarar yetkazilsa, yadroviy quroldan foydalanişini ta’kidlagan.
«Bu narsalar bizning strategiyamizdan allaqaçon yozib qöyilgan, biz heç narsani özgartirganimiz yöq», — degan Putin.
Qayd etib ötiş kerak, sönggi ikki kun içida Ukraina pilotsiz parvoz qurilmalari bilan Rossiyaning içkarisidagi uçinçi neftni qayta işlaş infratuzilmasiga zarba bergan. Bu marta Ukraina çegarasidan 500 km olisda joylaşgan Ryazan şahridagi neft zavodiga uçta dron bilan zarba berilgan.
Sönggi zarbalar Rossiyada işlab çiqarilayotgan neft mahsulotlarining 5 foiz qismiga öz ta’sirini ötkazişi aytilmoqda.
Putin sönggi dron zarbalarini Ukraina uning beşinçi muddatga prezident etib saylanişiga xalaqit beriş maqsadida uyuştirmoqda, dedi.
«Ularning boş maqsadi, men bunga şubha qilmayman, agar Rossiyadagi prezidentlik saylovlarini barbod qiliş bölmasa ham, rus xalqining öz irodasini namoyiş etib, saylovda normal ovoz berişiga qandaydir xalaqit qiliş», — degan Putin propagandaçi Dmitriy Kiselyovga bergan intervyusida.
Sanksiyaga amal qilmaslik uçun jazo
Yevropa parlamenti sanksiyalarni aylanib ötiş uçun jinoiy javobgarlik belgilaş töğrisidagi qonunni qabul qildi. Hujjat Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy qilingan sanksiyalarni barça a’zo davlatlarda muştarak qiliş, ularni buziş uçun yagona jazo çoralari belgilaşga qaratilgan.
Jumladan, quyidagi holatlar uçun jinoiy javobgarlik belgilanişi nazarda tutilmoqda:
Sanksiya ostidagi şaxslarning mablağlari va boşqa moliyaviy aktivlarini muzlatiş (bloklaş)dan böyin tovlaş;
Qurol-yaroğ embargosiga va safar uyuştirişga taqiqlarga amal qilmaslik;
Sanksiya ostidagi şaxslarga mablağ ötkazib beriş;
Çeklov çoralari joriy etilgan davlatlarning davlat korxonalari bilan biznes olib boriş;
Sanksiyalarni buzgan holda moliyaviy va yuridik maslahat xizmatlarini taqdim etiş.
Hujjatda insonparvarlik yordami yetkaziş yoki aholining bazaviy ehtiyojlarini ta’minlaş sanksiya rejimini buziş sifatida tan olinmagan.
Sanksiyalarni buziş va aylanib ötiş uçun Yevropa Ittifoqi davlatlarida jismoniy şaxslarga 5 yilgaça ozodlikdan mahrum etişgaça bölgan jazo qöllanadi. Kompaniyalarga esa jarimalar qöllanadi, boz ustiga Yevropa Ittifoqi davlatlari sudlarga korxonaning yillik aylanmasi va «absolyut maksimal summalar»dan kelib çiqib jarimalar belgilaş huquqini berişi mumkin.
Hujjat press-relizida taşabbus Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qiliş imkonini beradi, deyilgan. Financial Times naşri sal avvalroq Yevropa Ittifoqi muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan daromadlarning bir qismi (2-3 mlrd yevro)ni iyun oyida Ukrainaga berişni rejalaştirayotganini yozgan edi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi