Hindiston va Pokiston örtasidagi diniy va madaniy ziddiyatlar yeçimi Kaşmir vodiysiga kelganda töxtab qolaveradi, çunki bu nizo faqat mintaqaviy ahamiyatga ega emas: AQŞ, Xitoy va Rossiya kabi yirik kuç markazlarining ham global manfaatlari bor. “Geosiyosat” bu mavzuda söz yuritiş uçun siyosiy tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Islomxon Ğafforovni taklif etdi.
— Hindiston va Pokiston örtasidagi nizoning asosiy sabablari nimalar?
Islomxon Ğafforov: — Hindiston va Pokiston munosabatlari xalqaro munosabatlarda eng dolzarb masalalardan biri. Uzoq muddatli ziddiyat va ikkalasida ham yadro quroli borligi muammoning global ahamiyat kasb etişini ta’minlaydi. Bu ikki davlat paydo bölgandan, ya’ni 1947 yildan buyon bu mojaro davom etmoqda.
Buyuk Britaniya koloniyasi bölgan bu hududlarda qanday qilib yangi davlatlar paydo bölişi va ular örtasida mojaro kelib çiqişiga e’tibor beriş kerak. Köpçilik aytadiki, Britaniya Ikkinçi jahon uruşidan keyin koloniyalarini uşlab turişga kuçi qolmadi va Hindistondan çiqib ketayotganda bölib taşlab hukmronlik qil, tamoyiliga asosan ikki davlat taşkil qilib çiqib ketdi. Ammo men bu fikrni yoqlamagan bölardim. U vaqtda tarixiy vaziyat ham mintaqada 2 ta davlat vujudga kelişini taqozo etgan. Buyuk Britaniyagaça bölgan Boburiylar davrida musulmonlar va boşqa dinlar kelişib yaşagan. Buyuk Britaniya esa öz manfaatlari yuzasidan boşqaruvni amalga oşirib, diniy omillarni hisobga olmagan va ziddiyatlar oşib boradi. 1947 yilda vaziyat pişib turgan böladi va ikkita davlat paydo böladi. Milliy ozodlik harakati rahbari Gandi bitta davlat tuzişga harakat qiladi, Kalkuttada musulmonlar va hindlar örtasidagi fuqarolar uruşini töxtatadi. Ammo Gandi vafot etgaç, keskinlik yana ortadi va ikki davlat vujudga keladi, diniy omil asos böladi bunda.
Buyuk Britaniyaning ham ta’siri bölgan, töla inkor etmayman buni. Lekin köproq öşa vaqtdagi siyosiy, ijtimoiy omillar ikki davlat bölişni taqozo etgan edi, deb öylayman.
Kamoliddin Rabbimov: — Ikkinçi jahon uruşidan keyin Angliya zaiflaşdi va Hindiston yarimorolini nazorat qilolmay qoldi. 1947 yilda Hindiston va Pokiston taşkil topayotganda federativ demokratik davlat sifatida taşkil topadi, ya’ni Angliya öz davlatçiligida şakllangan modelini joriy etişga harakat qiladi. Şuning uçun ham demokratik qadriyatlar ikki davlatda ham yuqori böladi. Federativ davlat sifatida Hindiston va Pokistondagi hududlar özining kim bilan bölişini belgilaşga harakat qiladi. Ikki davlat örtasidagi eng katta konflikt — Jammu va Kaşmir viloyatlari. Bu viloyatlar aholisining asosiy qismi musulmonlar, lekin hokimiyat tepasidagilar hindlar böladi, şuning uçun ham ular Hindiston bilan bölişni tanlaydi. Jammu va Kaşmirdan taşqari ham boşqa konflikt nuqtalari bor, çunki asrlar davomida hindlar va poklar (pokistonliklar) örtasidagi qorişganlik darajasi yuqori emas, Hindiston aholisining 15 foizga yaqini musulmonlar. Şunday holatda ikki davlat örtasidagi ziddiyat juda ham kuçli. Ötgan asrda yadroviy töqnaşuv AQŞ va SSSR örtasida modellaştirilgan bölsa, hozirda yadroviy töqnaşuv bölişi mumkin bölgan davlatlar Hindiston va Pokiston deb köriladi.
Mavzuga oid
— Kaşmir va Jammu masalasi Hindiston va Pokiston örtasidagi yeçilmas tugunmi?
Islomxon Ğafforov: — Tarixiy omillar böyiça qöşimça qilmoqçiman. Ikki davlat paydo bölgaç, 4 ta katta töqnaşuv böldi. Ikki davlat hukumatlari ham xavfli konflikt ostida yaşayotganlarini biladi, lekin şu paytgaça muzokaralarga kelmayapti, degan savol bor. Bu ikki davlat paydo bölib, şakllaniş davri sovuq uruş davriga töğri keladi, şu fonda Pokiston AQŞ bilan yaqin böladi, Hindiston esa Moskvaga tayangan holda siyosat olib boradi (garçi 1961 yildan qöşilmaslik harakatida bölsa ham), uning harbiy sanoati ham SSSR va keyinçalik Rossiya bilan hamkorlikda rivojlangan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, Hindiston 1998 yilda termoyadroviy qurolni sinovdan ötkazgan va yadro quroli borligini rasmiylaştirgan, lekin 1974 yilda yadro qurolining birinçi sinovlari bölgan. Pokiston ham 70 yillarda yadro quroli ustida işlaşni boşlagan.
Bu ikki davlat yadro quroliga intilişiga sabab öşa vaqtdagi sovuq uruş edi. AQŞ öz ittifoqçilari bilan qurollangan bölsa, SSSR ham Xitoyga yordam berib, öz ittifoqçilari bilan qurollanadi. U vaqtda dunyo kun tartibi şu bölgan, bu narsa Janubiy Osiyoda ham öz aksini topgan va ikki davlat munosabatlari yanada sovuqlaşib, yadroviy poyga boşlanadi. SSSR tugatilgaç, vaziyat biroz yumşaydi, 90 yillarda AQŞ prezidenti Klintonning ikki davlatga bir xil munosabatda böliş va tinçlik örnatiş taşabbuslari böladi. Keyinçalik ham ziddiyatning oldini oliş uçun Pokiston va Hindiston tomonidan ham taşabbuslar böladi. Masalan, Pokiston boş vaziri Parviz Muşarraf Kaşmir avtonom viloyat bölişi haqidagi taşabbusni bildirgan. 2015 yilda Hindiston boş vaziri Mode Pokiston boş vaziri Navaz Şarifning nevarasining töyida iştirok etadi va bu davlatlar örtasida iliqlikka olib keladi.
Bugungi kunda ziddiyat bor. Ikki davlat savdo aylanmasi 0,5 mlrd dollar, bu — judayam kam. Ikki davlatning munosabatlari yaxşilanişi ular uçun juda katta iqtisodiy yutuqlarga olib keladi. Lekin ularning bor savdo aylanmasi ham BAA vositaçiligida amalga oşiriladi. Muzokaralar bölyapti bugungi kunda ham, ular ham tuşunib turibdi juda katta iqtisodiy yöqotişlar bölayotganini. 2020 yildan buyon BAA vositaçiligida muzokaralar bölyapti, xususan, Kaşmir masalasida.
Kaşmir masalasi böyiça 5 ta yeçim taklif etiladi ekspertlar tomonidan. Birinçisi, ikki tomon diplomatik muzokaralar orqali hal etiş, ya’ni manfaatlarga köra Kaşmir bölib olinadi. Ikkinçi variant esa ikki davlat örtasida iqtisodiy aloqalar şu darajada rivojlanadiki, oxiri bir tomon yon beradi Kaşmir masalasida. Germaniya va Fransiya örtasida ham şunday talaş hudud bor edi, lekin bugungi kuçli aloqalar tufayli bu muammo unutilgan. Uçinçi model esa Kaşmir viloyatiga avtonomiya beriş, ya’ni bunda ikki davlat manfaatlari ham inobatga olinadi. Törtinçisi — bitta xalq, ikkita davlat tamoyili böliş, ya’ni Kaşmirda ikki davlat qonunçiligi işlaydi, özaro kelişilgan holda boşqariladi. Beşinçisi esa xalqaro kuçlar, xususan, BMT tinçlikparvar kuçlari nazorati bölişi.
— AQŞ va Xitoy, Rossiya kabi global qudratlar uşbu nizoda qanday örin tutadi?
Kamoliddin Rabbimov: — Yuqorida sovuq uruş davrida ikki davlatning geosiyosiy yönalişi haqida gapirildi. Hindistonning hamkori Sovet ittifoqi bölsa, Pokiston AQŞ bilan yaqin bölgan. Lekin sovuq uruş tugagaç, ularning geosiyosiy mavqeyi özgardi. Bugun Pokiston Xitoyning yaqin ittifoqçisi, ularni Hindiston omili birlaştiradi. Şu sabab ham Xitoy Pokistonni Hindistonga qarşi qöllaydi. Pokiston va Xitoy Hindistonni ikki tomondan tiyib turişni özining geosiyosiy vazifasi deb biladi.
Keyingi davrda AQŞ va Hindiston hamkorligi rivojlanib boryapti. Hindiston qöşilmaslik harakati a’zosi bugun ham, ammo AQŞning Xitoyni tiyib turiş böyiça bir qança katta loyihalari bor: AQŞ, Avstraliya, Hindiston birgalikda Tinç okeani havzasini örab, Xitoyni tiyib turiş. Mana şu loyihalarda Hindiston bosqiçma-bosqiç iştirok etyapti. Bugun Hindiston qurol-yaroğning katta qismini AQŞdan va kollektiv Ğarbdan oladi. Yangi geosiyosiy formatsiya şakllanyapti, ilgari SSSR va AQŞ qarama-qarşiligi bölgan bölsa, bugun AQŞ va Xitoy tiraşuvi, bu mintaqadagi vaziyat ham şunga özgarib boryapti.
Pokiston eng katta muammosi — iqtisodiy ahvoli. Hindiston esa 2080 yilga borib, demografik va iqtisodiy jihatdan dunyoning birinçi qudratli davlati bölişi tahlil qilinyapti. Uçta davlat: AQŞ, Xitoy, Hindiston asosiy qudratli davlatlar bölib qoladi. Hindiston va Pokiston örtasidagi ziddiyat borgan sari kristallaşyapti. 1947 yilda ular örtasida ziddiyat yöq edi. Javohirlal Neru va Muhammad Ali Jinna ança yaqin şaxslar bölişgan, hamkorlikda işlaşgan, döst bölişgan. Borgan sari Hindiston hokimiyatida millatçilar köpaymoqdi, ayniqsa hozirgi hokimiyat. Şu sabab millatçilik va ikki davlat tiraşuvi borgan sari kristallaşyapti. Hindistonliklarda bizni neça asrlar davomida musulmonlar boşqardi endi özligimizga qaytişimiz kerak, masjidlar örnida ibodatxonalar bölişi kerak, degan qaraşlar bor. Bunga Pokiston ham javob beradi. Umuman, har tomonlama Hindiston Pokistondan kuçli, lekin faqat yadroviy kallaklar soni böyiça Pokiston kuçliroq. 1,4 milliardlik aholisi bor davlat bilan 221 mln aholisi bor davlat armiyasi teng bölolmaydi. Qolaversa, Hindiston iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanib bormoqda.
— Bu konfliktni Markaziy Osiyo va Eron prizmasidan ham körsak, qanday köriniş kasb etadi?
Islomxon Ğafforov: — Eron ikki davlat bilan ham yaqin hamkorlik qiladi. Musulmon davlati ölaroq Eron Kaşmir masalasida Pokistonni qöllaydi. Eronning AQŞ bilan töğridan-töğri aloqalari bölmagani uçun AQŞ bilan muloqotda Pokiston orqali işlaydi. Demak, Eron Pokiston bilan ança yaqin desak böladi. Xitoy va Pokiston hamkorligidagi Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridorini ham qöllab, unga qöşiliş niyati bor Eronning.
Hindiston Eronni Markaziy Osiyoga darvoza deb biladi. Eronda Çobahor portini quryapti, 500 mln dollar ajratgan loyihaga, Ğarb sanksiyalaridan ham ozod qilgan. Eron bir vaqtning özida Hindiston bilan ham, Pokiston bilan ham iliq munosabatlarda.
Transport koridorlari masalasiga kelsak. Hindiston va Pokiston tomonidan 2 ta yirik loyiha taqdim etilyapti. Qaysidir ma’noda Markaziy Osiyo davlatlari geosiyosiy dilemmaga duç kelyapti. Markaziy va Janubiy Osiyo boğliqligida birinçi istiqbolli variant: Termiz-Mozori Şarif-Kobul-Peşovar yönalişida Pokistonning Gvadar va Karaçi portlariga çiqiş, lekin bu loyihani Hindiston qöllamaydi Pokiston bilan ziddiyat sabab. Hindiston Turkmaniston orqali Eronning Çobahor portiga çiquvi Markaziy Osiyo bilan boğlovçi koridorni qöllayapti, ikkinçi tarmoq ham bor: Afğoniston orqali Markaziy Osiyoga kirib keliş. Köpçilik mutaxassislar Janubiy va Markaziy Osiyo boğliqligida Afğoniston yönalişi ustuvorlik kasb etişini aytadi. Bu nuqtada faqatgina Hindiston va Pokiston örtasidagi muammo tösiq bölyapti deb öylayman.
— Ikki davlatning ziddiyati nega ŞHT kabi taşkilot doirasida hal etilmaydi?
Kamoliddin Rabbimov: — ŞHTning öz maqsad-vazifalari bor. Uning maqsadi Hindiston va Pokistonni yaraştiriş emas, bu ikki davlatning kirişi ham ŞHTdagi raqobatning ifodasi deyiş mumkin. Ya’ni ŞHTning markazida Xitoy va uning manfaatlari turadi. Pokistonni Xitoy taklif qildi taşkilotga, bunga javoban Rossiya öz tomonini zaiflaştirmaslik uçun Hindistonni taklif qildi. ŞHT içida ziddiyatlar juda ham köp. Taşkilotning asosiy vazifasi muammolarga, ziddiyatlarga yeçim topiş emas, balki AQŞ, kollektiv Ğarbga geosiyosiy, geoiqtisodiy javob şakllantiriş vazifasi qöyilgan. BRIKS doirasida ham şunday ziddiyatlar bor.
ŞHT bunday ziddiyatlar haddan taşqari kuçayişini istamaydi. Lekin bu ziddiyat bartaraf etilsa, Xitoyning manfaatlariga qançalik töğri keladi, degan savol ham bor. Xitoy Pokistonni özining barqaror ittifoqçisi bölib qolişini istaydi. Birgina misol: koronavirus pandemiyasi davrida Pokiston Saudiyadan qarz olgandi, keyinçalik Saudiya bu qarzni söradi. Pokistonda mablağ yöq edi, şuning uçun Xitoydan oldi. Ikki musulmon davlat örtasidagi masalada ham Xitoyga yönaliş oldi Pokiston. Oldingi boş vazir Imron Xon Putin bilan munosabatlarni yaxşiladi, Ğarbga nisbatan munosabat esa avvaldan salbiy bölgan, lekin hokimiyatga kim kelsa ham, Xitoy bilan munosabatlar iliq bölgan.
ŞHT bunday muammolarga yeçim izlay olmaydi. Aksinça, borgan sari kuçayib borayotgan geosiyosiy raqobat: AQŞ va Xitoy, Xitoy va Hindiston örtasidagi ziddiyatlar ŞHTga ham köçgan, Pokiston kabi davlatlar esa bunday vaziyatda öz manfaatlarini qondirişga imkoniyat izlaydi.
Islomxon Ğafforov: — ŞHTning aniq bölmagan strategiyasiga töxtalmoqçiman bu örinda. A’zo davlatlar manfaatlari turliça. Rossiya bugungi sanksiyalar fonida ŞHTga katta e’tibor qaratyapti. Rossiya tomoni Hindiston va Pokiston örtasida ziddiyat bölmasligini xohlaydi. Çunki Rossiya özining neft va gaz mahsulotlarini Hindistonga eksport qilyapti, şu sabab Hindistonning qandaydir mojarolarga aralaşişi Rossiya manfaatlariga töğri kelmaydi, şuning uçun tinçlik istaydi bu mintaqada.
ŞHTga Hindiston qöşilgaç, Xitoy taşkilotga e’tiborini pasaytirgandek körinyapti. Xitoy bugun geosiyosiy maydonda qandaydir formatlarda emas, özi yakka holda iştirok etişni közlayapti. Şunday xulosaga keliş mumkinki, taşkilotning bunday mojaroli holatlarga nisbatan strategiyasi va ijro mexanizmi yöq, tarqoq bölib yotibdi taşkilot. Pekin öz yönalişida, Moskva öz yönalişida, Markaziy Osiyo ham öz manfaatlariga köra siyosat olib boryapti. Taşkilotga ijro mexanizmi kerak, şunçaki nufuzli platforma körinişiga kelib qolgan, taşkilot darajastga çiqiş uçun hali bir qança işlar olib boriş kerak. Şunda Hindiston va Pokiston masalasida ham özgarişlar bölişi mumkin taşkilot ta’sirida.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi