Ötkazilgan tezkor tadbirda qizlarni aldov yöli bilan Rossiyaga jönatayotgan şaxs Toşkent xalqaro aeroportda qölga olindi.

Nazorat tadbiri davomida Yangiyöl tumanida yaşovçi, «Bonu» taxallusi bilan tanilgan ayol, Toşkent va Xorazm viloyatida yaşovçi, ikki nafar tengdoşi (qizlar)ni mömay daromad topadigan iş topib berişni va’da qilib, fohişalik bilan şuğullantiriş maqsadida (Toşkent xalqaro aeroportidan Toşkent — Jukovskiy aviareysi orqali) Rossiyaga jönatayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan uşlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan uşlangan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

2023 yil davomida Toşkent viloyati IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan «odam savdosi»ga qarşi kuraş yönalişida amalga oşirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida viloyatda 15 nafar fuqaro odam savdosi qurboni bölişining oldi olindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan 19 nafar ayol va 3 nafar erkak jami 22 nafar şaxsga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.