Ukrainadagi urush ortidan global dunyoda yadroviy kallaklarni qisqartirishga nuqta qo‘yildi, yana yadroviy urush bot-bot tilga olina boshladi. Hattoki yadroviy qurollarning soni yana ortmoqda.
Stokholmdagi xalqaro tichlik muammolarini o‘rgani instituti (SIRPI)ning 2023 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, jahondagi 9 ta yadroviy barqudrat davlatlarida jami 12 512 ta yadroviy kallaklar bor. Mamlakatlarning so‘nggi yillarda bu sohaga qilgan investitsiyalari 82 mlrd dollardan oshgan, deb yozadi Anadolu agentligi.
Rossiya 5889 ta yadroviy kallagi bilan bu davlatlar ichida birinchi o‘rinni egallaydi. Rossiyadan keyingi o‘rinlarda 5244 ta atom bombasi bilan AQSh va 410 ta yadroviy ommaviy qirg‘in quroliga ega Xitoy bormoqda.
Fransiyada — 290 ta, Buyuk Britaniyada — 225 ta, Pokistonda — 170 ta, Hindistonda — 164 ta, Isroilda — 90 ta va Shimoliy Koreyada 30 ta yadroviy qurol bor.

SIRPI hisobotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda dunyoda yadroviy kallaklarning soni qisqarib borgan. Bunga asosan AQSh va Rossiyada eskirgan va ishlatilmaydigan kallaklarni yo‘q qilish hisobiga erishilgan.
Endi esa global miqyosda ishlatilishga shay yadroviy kallaklarni qisqartirish cho‘zilib ketdi, ularning soni esa yana o‘sa boshlagan.
AQSh va Rossiya o‘z yadroviy kallaklari, raketalarni uchirish tizimlari, samolyotlar, suv osti kemalarini, shuningdek, yadroviy qurolni ishlab chiqarish bo‘yicha zavodlarni yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha keng qamrovli dasturlarni amalga oshirdi.
2022 yil yanvarida 350 ta deb hisoblangan Xitoyning yadroviy kallaklari soni 2023 yil yanvarida 410 ta yetgan. Garchi Xitoyning yadroviy salohiyati aniq bo‘lmasa-da, bu ma’lumotlar AQSh mudofaa vazirlishi ma’lumotlari asosida hisobotga kiritilgan.
«Yadroviy qurolni taqiqlashga intilish» tashkiloti hamda Yadroviy quroldan voz kechish bo‘yicha xalqaro tashabbus (ICAN) tomonidan tayyorlangan hisobotlarda 2019–2022 yillarda yadroviy qurolga ega 9 mamlakatda bu sohaga kiritilgan investitsiyalar miqdori ham ochiqlangan.









