Özbekiston Respublikasining BMT va uning ixtisoslaşgan idoralari bilan hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari körib çiqildi. Xususan, Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş, gender tenglikni ta’minlaş, şuningdek, ekologik muammolar, jumladan Orol fojiasi oqibatlarini yumşatiş masalalariga e’tibor qaratildi.
Uçraşuv davomida Özbekistonning BMT bilan özaro aloqalari tobora kengayib borayotgani, iqtisodiyot, ilm-fan, soğliqni saqlaş, ekologiya, madaniyat va ta’lim yönalişlaridagi hamkorlikning samarali natijalari alohida qayd etildi.

Özbekiston BMT doirasida jahon hamjamiyati tomonidan qöllab-quvvatlangan, barqarorlik va izçil taraqqiyotni ta’minlaş, inson huquqlarini himoya qilişga amaliy hissa qöşayotgan taşabbuslarni ilgari surib kelayotgani qayd etildi.
A.Guterriş Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi munosabatlarning bugungi ijobiy holatida Özbekistonning muhim roliga alohida töxtalib ötdi. “Prezident Şavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari bilan Markaziy Osiyo bugun ahil-inoq yaşamoqda, mamlakatlar barça sohalarda jadal hamkorlik qilmoqda. Özbekiston taşabbusi bilan mintaqa ayollari ham faoliyati işonçli qöllarda bölgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakçi ayollarining noyob muloqoti doirasida birlaşa oldi”.

Suhbat çoğida Özbekiston taşabbuslarini xalqaro maydonda ilgari suriş, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar hamda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirişga doir aniq takliflarni qöllab-quvvatlaşda BMT bilan konstruktiv hamkorlik yuzasidan fikr almaşildi.













