Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida YTH sodir etib, fuqaroning ölimiga sabab bölgan sobiq profilaktika inspektoriga hukm öqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.
Ma’lum bölişiça, 2023 yil 12 dekabr kuni Şörçi tumani Joyilma mahallasida profilaktika inspektori bölib işlovçi şaxs hamkasbiga tegişli Cobalt’ni boşqarib ketayotib, Baxşitepa-1 mahallasi hududida velosiped yetaklab köçani kesib ötayotgan fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda fuqaro oğir tan jarohatlari olgan va profilaktika inspektori uni şifoxonaga olib borgan. Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan fuqaro şifoxonada vafot etgan.
Jinoyat işlari böyiça Oltinsoy tuman sudi hukmiga köra, sobiq profilaktika inspektori Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga 1,5 yil transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum etgan holda 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida “Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş ortidan odam ölimiga sabab bölgan şaxslarga muayyan huquqdan mahrum qilib, 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi belgilangan.













