Toşkent viloyatining qariyb 20 ming gektar yer maydoni Toşkent şahridagi Yangi Toşkent tumani tarkibiga ötkazildi. Bu haqdagi qaror Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan imzolandi.

Qarorga köra, Toşkent viloyati hududidan 19729,41 gektar, şu jumladan Yuqori Çirçiq tumanidan 17323,32 gektar, Örta Çirçiq tumanidan 2406,1 gektar yer maydoni Toşkent şahrining Yangi Toşkent tumani tarkibiga ötkazilgan.
Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanidagi 33 ta mahalla, şundan 20 ta töliq, 13 ta qisman hamda Örta Çirçiq tumanidagi 7 ta mahalla, şundan 4 ta töliq, 3 ta qisman bölgan hududlari Toşkent şahri tarkibidagi Yangi Toşkent tumaniga qöşilgan.
Toşkent şahri tarkibida Yangi Toşkent tumani taşkil etilişi haqida 2023 yil noyabr oyida haqida xabar berilgan edi. Qayd qilinişiça, 500 ming aholiga möljallangan Yangi Toşkent şahri Çirçiq va Qorasuv daryolari oraliğida barpo etiladi. 2023 yil mart oyida prezident Şavkat Mirziyoyev «Yangi Toşkent» loyihasi qurilişiga tamal toşini qöygan.












