Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim kodekslarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga quyidagi qöşimçalar kiritildi:

– Uçuvçisiz uçadigan apparatlarni, ularning butlovçi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş, uçuvçisiz uçadigan apparatlarni, ularning butlovçi va ehtiyot qismlarini musodara qilib, BHM 10 baravaridan 20 baravarigaça (3 mln 400 ming sömdan 6 mln 800 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Mazkur harakatlarni sodir etgan şaxs, agar uçuvçisiz uçadigan apparatlarni, ularning butlovçi va ehtiyot qismlarini öz ixtiyori bilan topşirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Ilgari bu norma mavjud emas edi.

Uçuvçisiz uçadigan apparatlarni qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş uçun avval ma’muriy keyin jinoyat javobgarlik belgilandi. Avval töğridan töğri jinoiy javobgarlik bor edi.

Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan özgartirişga köra, uçuvçisiz uçadigan apparatlarni, ularning butlovçi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş, şunday harakatlar uçun ma’muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, quyidagilardan biri bilan jazolanadi:

  • BHM 25 baravaridan 50 baravarigaça (8 mln 500 ming sömdan 17 mln sömgaça) miqdorda jarima;
  • 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari;
  • 3 yilgaça ozodlikni çeklaş;
  • 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.