Germaniya hukumati Kiyevga topşirişga qaror qilgan taqdirda, mamlakatga uzoq masofali TAURUS qanotli raketalari zaxirasini tiklaş uçun ikki yil kerak böladi. Bu haqda Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi 15 mart, juma kuni ekspertlarga tayanib xabar berdi. Qanotli raketalarni işlab çiqarişni köpaytiriş yoki qayta tiklaş «bir keçada sodir bölmaydi - işlab çiqarişni köpaytiriş yoki qismlarni işlab çiqarişni qayta tiklaş kerak, ammo bularning barçasi vaqt talab etadi», deya Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti eksperti Duglas Barridan iqtibos keltiradi naşr.
Taurus Systems direktori Yoaxim Knopf, agar buyurtma olinsa, raketa işlab çiqariş tezda tiklanişi mumkinligiga işontirdi, ammo tahlilçilarning fikriga köra, aslida TAURUS arsenalini töldiriş uçun taxminan ikki yil kerak böladi.
FT ta’kidlaganidek, işlab çiqariş liniyalari hozirda töxtagan. Oxirgi marta ular 2019 yilda Janubiy Koreya hukumatidan buyurtma olinganida işlagan. Financial Times gazetasi yozişiça, Germaniyaning Şrobenxauzen şahrida joylaşgan zavodlar faqat sotilgan raketalarni ta’mirlaydi. Tahlilçilarning hisob-kitoblariga köra, har bir raketa buyurtma hajmiga qarab, taxminan 1,5 million yevro turadi.
Germaniyada neçta TAURUS raketasi bor?
Oslo universiteti ilmiy olimi Fabian Xoffmanning hisob-kitoblariga köra, Bundesverning arsenalida hozirda 600 ga yaqin TAURUS raketalari mavjud bölib, ulardan faqat yarmi şay holatda.
Xoffman, şuningdek, TAURUS’ni Ukrainaga yuborişdan oldin, Yevropaning öz qurol zaxiralari haqida öylaş kerakligini ta’kidlaydi. «Raketa tizimlari zamonaviy jangovar şaroitlarda asosiy narsadir, bizning arsenalimizda ular yetarli emas va hozirda ularni işlab çiqarmayapmiz», deb tuşuntirdi ekspert.
Bir kun avval Germaniya Bundestagi deputatlari TAURUS raketalarini Ukrainaga topşiriş böyiça yangi rezolyutsiya loyihasiga qarşi ovoz berdi. Germaniya kansleri Olaf Şols avvalroq Kiyevga TAURUS yetkazib beriş imkoniyatini bir neça bor rad etgan edi. Uning sözlariga köra, bunday raketalardan samarali foydalaniş nemis qöşinlarining iştirokini talab qiladi, biroq bu Germaniyaning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida bevosita iştirok etişiga olib keladi, u esa buni istamaydi.












