Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Ğazo sektorining Misr bilan çegarasidagi Rafah şahrida harbiy operatsiya ötkaziş rejasini ma’qulladi. Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) Rafahning tinç aholisini evakuatsiya qilişga tayyorligini tasdiqladi. 

«Xalqaro bosimga qaramay, biz Rafahga kiramiz, HAMAS batalyonlarini yöq qilamiz, xavfsizlikni tiklaymiz, Isroil xalqi va davlatining töliq ğalabasini ta’minlaymiz», dedi Netanyahu. 

Isroil boş vaziri 9 fevral kuni Rafah şahrida keng kölamli harbiy amaliyot boşlaş rejasini ma’lum qildi. TsAHAL şaharga kirişidan oldin Benyamin Netanyahu Rafah aholisini evakuatsiya qilişni ta’minlaşga va’da berdi. 

Politico manbalariga tayanib xabar berişiça, AQŞ prezidenti Jo Bayden Rafahda harbiy operatsiya ötkazilsa, Isroilga yordamni çeklaşi mumkin. Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya rasmiylari ham Isroilning Rafahdagi operatsiyasiga qarşi çiqdi.