Agentlikning yozişiça, majlis "Özbekiston hukumati bilan Qozoğiston hukumati örtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida hamkorlik töğrisida"gi bitimni ratifikatsiya qiliş haqida"gi qonun loyihasini ma’qulladi.
"Majlisning Ekologiya va tabiiy resurslarni boşqariş qömitasi raisi, deputat Edil Janbirşin potensial hamkorlik havo va suv ifloslanişining oldini oliş va nazorat qiliş, qattiq maişiy çiqindilarni boşqariş, biologik xilma-xillikni saqlaş, yaxşilaş böyiça qöşma çora-tadbirlar işlab çiqişga ta’sir etişini ta’kidladi. Hujjatda Orol dengizi havzasidagi ekologik vaziyat, ekologik muhit monitoringi, qöşma ta’lim muassasalarini şakllantiriş, kadrlar tayyorlaş masalalari ham örin olgan", – deyiladi materialda.
Maqola sönggida "2022 yil 22 dekabr kuni Toşkentda Qozoğiston va Özbekiston hukumatlari örtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlik töğrisidagi bitim imzolangan edi", – deya eslatib ötgan Kazinform.












