Sun’iy yöldoş tarmoği AQŞ armiyasining dunyoning deyarli istalgan nuqtasida potensial nişonlarni tezda aniqlaş qobiliyatini oşirişi ta’kidlanmoqda.
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi AQŞ razvedkasi uçun yuzlab josuslik sun’iy yöldoşlari tarmoğini yaratmoqda, deb xabar berdi Reuters öz manbalariga tayanib. Umumiy qiymati 1,8 milliard dollarlik maxfiy şartnoma 2021 yilda imzolangani ta’kidlanmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga köra, şartnoma SpaceX kompaniyasining Starshield bölimi va Milliy razvedka boşqarmasi (MRB) örtasida tuzilgan.
Ayğoqçi sun’iy yöldoşlar uçun sensorlar boşqa kompaniya tomonidan taqdim etiladi, uning nomi oşkor etilmagan. Şu bilan birga, manbalarga köra, Starshield loyihasi 5,5 ming sun’iy yöldoşni öz içiga olgan Starlink tarmoği bilan boğliq emas.
Sun’iy yöldoş tarmoği AQŞ armiyasining dunyoning deyarli istalgan nuqtasida potensial nişonlarni tezda aniqlaş qobiliyatini oşirişi kerak. AQŞ hukumati dunyo voqealarining real vaqt rejimida tasvirini tezda oliş imkoniyatiga ega böladi.
MRB SpaceX kompaniyasi bilan tuzilgan şartnomani tasdiqlamadi, biroq, «dunyodagi eng kuçli razvedka tizimi» ustida iş olib borayotganini tan oldi.
15 fevral kuni Oq uyda Kongress a’zolari bilan «milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid» haqida yopiq brifing ötkazildi. OAV ma’lumotlariga köra, muhokama Rossiyaning sun’iy yöldoşga qarşi tizimini rivojlantirişi haqida bölgan.













