6,5 mingdan ziyod nikohdan o‘tmasdan birga yashayotganlarning nikohi qayd etildi
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida 98 192 nafar shaxsda tegishli hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan, shundan 88 570 tasi ijobiy hal etildi.

Foto: AOKA
Adliya vaziri o‘rinbosari va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, 1 261 nafar shaxsning tug‘ilishi qayd etib berildi, 9 450 nafar shaxsga tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma berildi, 6 503 ta qonuniy nikohdan o‘tmasdan birga yashayotgan shaxslarning nikohi qayd etildi, 2 593 nafar shaxsning o‘limi muddati o‘tib qayd etildi, 3 429 nafar shaxsning o‘limi haqida takroriy guvohnoma berildi, 7 973 nafar fuqaroga ID-karta rasmiylashtirildi, 23 274 ta tadbirkorlik sub’yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, 17 865 ta ko‘chmas mulk obektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
2023 yil davomida 77 turdagi yangi davlat xizmatlarni ko‘rsatish joriy etilib, hozirda jami 337 taga yetkazildi. 2024 yil davomida esa ularning sonini 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Shundan 55 turdagi xizmatlar bepul ko‘rsatiladi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.
1 mln 400 mingdan ortiq fuqaro “Mobil-ID” tizimida ro‘yxatdan o‘tdi va 2023 yilda ushbu tizim orqali 100 mingga yaqin xizmatdan foydalanildi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

23:08 / 10.04.2025
Xitoyda oila qurish qoidalari soddalashtirildi

17:59 / 09.04.2025
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi

11:58 / 11.03.2025
Tesla aksiyalari qiymati bir kunda 15 foizga tushib ketdi

10:29 / 06.02.2025