Toşkentda havo sifati monitoringi uçun oçiq ma’lumotlar platformasi — Air Tashkent işga tuşirildi. U poytaxt hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlaniş departamenti tomonidan mahalliy olimlari bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. 

Portal departamentga tegişli va 2022 yilda örnatilgan 10 ta OXUS-WS stansiyalaridan ma’lumotlarni töplaydi, dedi şahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etiş böyiça örinbosari Aleksey Xen. 

Jumladan, stansiya sensorlari PM2,5, PM10 i PM1 — mayda zarraçalar darajasi, havo harorati, namlik, atmosfera bosimi (faqat «Xalqlar döstligi» stansiyalari va «Yangi Özbekiston» boğida mavjud), ultrabinafşa nurlaniş darajasi (faqat «Xalqlar döstligi» stansiyalari va «Yangi Özbekiston» boğida), şamol tezligi va yönalişi, yoğingarçilik darajasi, karbonat angidrid (CO2) darajasi böyiça ma’lumot töplaydi. 

Qayd qilinişiça, stansiya körsatkiçlari har soatda portalda yangilanadi. Saytda oxirgi yetti kunlik statistikani ham köriş mumkin. 

Air Tashkent har qanday platformada işlaydi va turli qurilmalarda işlaş uçun optimallaştirilgani ta’kidlanmoqda. 

Moliyalaştiruvçi manbalar paydo bölsa, departament sensorlar tarmoğini kengaytiriş, Toşkent şahri va boşqa viloyatlar aholisi nafas olayotgan havo haqidagi ma’lumotlar aniqroq bölişi, olimlar va mutaxassislarning tadqiqotlari uçun keng bazaga ega böliş uçun yana 30 ta stansiya örnatiş rejalaştirilgan.