Joriy yilning 21 mart kuni soat 23:00 larda Çilonzor tumani Bunyodkor köçasida haydovçi Tracker rusumli avtomaşinasini boşqarib kelayotib rul boşqaruvini yöqotgan.

Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga köra, u yoritkiç ustuniga töqnaşib yöl-transport hodisasi sodir etgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yöq. Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barça haydovçilardan belgilangan qoidalarga amal qilişni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanişni söraymiz”, deyiladi xabarda.