Prezident Jo Bayden AQŞ tarixidagi eng qat’iy ekologik standartlarni joriy etişga tayyor. Atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi (EPA) yangi emissiya standartlari işlab çiqilganini e’lon qildi. Dastur 2027 yildan 2032 yilgaça bölgan davrda zararli moddalar çiqindilarini deyarli 50 foizga qisqartirişni nazarda tutadi. Qonun loyihasida içki yonuv dvigatellariga töğridan-töğri taqiq yöq, biroq 2032 yilga borib, azot oksidi va organik gazlar çiqindilari ikki barobarga kamayişi kerak. Bu haqda The New York Times yozdi.

Prezident Bayden elektromobillarga mehri özgaça ekanini yaşirmayapti va hozirgi ma’muriyat atrof-muhitni muhofaza qiliş qoidalarini keskin kuçaytiriş uçun harakat qilmoqda.

AQŞ prezidenti öz oldiga maqsad qöygan: 2030 yilga borib, yangi yengil avtomobillar va yengil tijorat avtomobillarining yarmi içki yonuv dvigatellaridan voz keçişi kerak. Baydenning asosiy raqibi Donald Tramp esa aksinça, agar Oq uyga qaytsa, iqlim dasturlarini bekor qilişga va’da beryapti.

Elektr transport vositalarining yangi avtomobillar sotuvidagi uluşi qanday bölişi kerakligi EPA hujjatida körsatilmagan bölsa-da, taşkilot yaşirmaydi: yengil avtomobillarning 30 dan 56 foizigaça va örta yuk maşinalarining 20 dan 32 foizigaça töliq elektr energiyasiga ötişi kerak.

New York Times gazetasiga köra, aslida qonun loyihasidan hozirgi körinişida heç kim mamnun emas. Ekologiya faollari qonun loyihasi avtomobil sanoati va yirik neft kompaniyalari bosimi ostida yozilgan deb qoralamoqda. Ular ekostandartlarning yanada kuçaytirilişini talab qilmoqda.

Respublikaçilar qonun loyihasiga qarşi sud jarayonini boşlaş niyatida. EPA vakilining ta’kidlaşiça, atrof-muhit standartlarini kuçaytiriş yillik soğliqni saqlaş xarajatlarini 13 milliard dollarga, benzin va dizel yoqilğisi xarajatlarini 46 milliard dollarga tejaş imkonini beradi.