Qirğiziston Taşqi işlar vazirligi Moskva yaqinidagi “Krokus siti holl” majmuasida röy bergan teraktdan keyin butun Rossiya böylab xavfsizlik çoralari kuçaytirilgani munosabati bilan qirğizistonliklarga murojaat bilan çiqdi.
“Rossiya Federatsiyasiga kiriş uçun favqulodda muhim sabablari bölmagan fuqarolarga qöşimça xavfsizlik çoralari va davlat çegarasidan ötkazişning kuçaytirilgan rejimi bekor qilingunga qadar uşbu mamlakatga borişdan tiyiliş tavsiya etiladi”, – deyiladi vazirlik murojaatida.
Şuningdek, Rossiyaga avvalgi safari vaqtida ikki yoki undan köproq marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan qirğizistonliklar ham RF çegarasidan ötkazilmasligi ehtimoli sabab Rossiyaga bormay turişi tavsiya qilingan.
Rossiyaga borişni reja qilib qöygan fuqarolar RF Içki işlar vazirligi sayti orqali mamlakatga kirişiga çeklov qöyilmaganini avvaldan tekşirib olişi maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan.
Şuningdek, Rossiyada bölib turgan Qirğiziston fuqarolaridan odamlar köp töplanadigan joylarga bormaslik, özi bilan doimiy ravişda şaxsini tasdiqlovçi va mamlakatda qonuniy asosda bölib turganini hujjatlarni olib yuriş söralmoqda.
Qirğiziston, şuningdek, Rossiyadagi öz fuqarolarini RF huquq-tartibot idoralari xodimlarining qonuniy talablariga böysunişga ham çaqirgan.













