Ikki marta impiçment qilingan, köp marta turli masalalarda ayblangan sobiq prezident Donald Trampning reyting darajasi oxirgi uç yil içida barqarorlaşib, hatto ayrim etnik guruhlar, yoşlar va işçilar sinfi orasida sezilarli darajada oşgan.

New York Times naşri va Siena kollejining oxirgi sörovnomasiga köra, Trampni qöllab-quvvatlaş darajasi 44 foizni taşkil etgan bölsa, uning raqibi, amaldagi prezident Jo Baydenni saylovçilarning 38 foizdan oşiqroq qismi ma’qullayapti. Bayden haqidagi qaraşlar tobora salbiy tomonga özgaryapti, Tramp haqidagi fikrlar esa yaxşilanmoqda.

Agar raqamlarga çuqurroq nazar taşlansa, uşbu özgarişlar yaqqol körinadi. Masalan, Gallup tomonidan ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra, Tramp 2023 yil oxiriga kelib 2020 yilgi saylovlardan oldingi eng yuqori qöllab-quvvatlov reytingiga ega bölgan.

Jumladan, 18 yoşdan 34 yoşgaça bölganlar orasida uning reytingi 2020 yil oktyabr oyida 42 foizni taşkil etgan bölsa, 2021 yil yanvar oyida 28 foizga tuşib ketgan. 2023 yil dekabr oyiga kelib esa, bu körsatkiç yana 42 foizga kötarilgan. Xuddi şu holat oq tanli bölmagan amerikaliklar orasida ham kuzatilgan: 2020 yil oktyabrda ularning 27 foizi Trampni ijobiy baholagan, bu körsatkiç 2021 yil yanvar oyida 15 foizga tuşib ketgan bölsa, 2022 yil noyabr oyiga kelib 28 foizgaça oşgan.

Yillik daromadi 40 ming dollardan kam bölgan amerikaliklar orasida ham Trampning reytingi 2020 yil oktyabr oyida 37 foizni taşkil etgan bölsa, 2021 yilning yanvarida 32 foizga tuşib, 2023 yilning dekabr oyiga kelib 48 foizga kötarilgan.

Boşqa sörovnomalarda ham şunga öxşaş tendensiyalar kuzatilgan. Vox naşri sobiq prezidentni qöllab-quvvatlovçilar soni ortib borayotganini uçta omil bilan boğlab, tahlil qildi.

1-ehtimoliy sabab: Amerikaliklar Tramp davrini iqtisodiy nostalgiya bilan eslayapti