
Rezolyutsiya matnida, şuningdek, barça asirlarni darhol va şartlarsiz ozod qiliş talab etilgan.
Kengaşning 15 ta a’zosidan 14 tasi hujjatni yoqlab ovoz berdi, AQŞ ovoz bermadi.
Rezolyutsiya loyihasi Xavfsizlik kengaşi kun tartibiga kengaşning doimiy bölmagan 10 ta a’zosi tomonidan kiritildi. Ular quyidagilar – Jazoir, Ekvador, Gayana, Yaponiya, Malta, Mozambik, Koreya Respublikasi, Serra-Leone, Sloveniya va Şveytsariya.
“Bu rezolyutsiya amalga tatbiq etilişi şart. Aks holda, buni keçirib bölmaydi”, – deya munosabat bildirdi BMT boş kotibi Antoniu Guterriş.
BMT Xavfsizlik kengaşi Ğazo bölgasidagi HAMAS kuçlari Isroilga hujum qilgan, bunga javoban Isroil Ğazoga keng kölamli bosqin boşlagan 7 oktyabrdan buyon öt oçişni töxtatiş böyiça bir töxtamga kela olmayotgan edi.
AQŞ Xavfsizlik kengaşining 22 mart kungi yiğilişiga ilk marta Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça rezolyutsiya loyihasini kiritgan, lekin unga Rossiya va Xitoy veto qöygandi. Isroilning boş ittifoqçisi bölmiş AQŞning bu harakati Vaşingtonning Binyamin Netanyahu hukumatiga nisbatan davomli tanqidlaridan keyingi yangi bosqiç bölgandi.
Isroil matbuotiga köra, Netanyahu 25 mart kuni ovozga qöyilgan rezolyutsiya loyihasiga agar Vaşington veto qöymasa, Isroil hukumati vakillari, xususan strategik işlar böyiça vazir Ron Dermerning Oq uyda bölib ötişi rejalaştirilgan muzokaralarini bekor qiliş bilan tahdid qilgan.













