25 mart kuni Namangan viloyatida yangi elektr stansiyalari qurilişiga bağişlangan marosim böldi.

Sönggi yillarda Özbekiston böylab: Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryoda 1,6 gigavattli 9 ta quyoş va şamol elektr stansiyalari tarmoqqa ulandi, Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarida 183 megavattli 6 ta gidro elektr stansiyasi işga tuşirildi.

Bugungi kunda Namanganda jami 913 megavatt generatsiya quvvati mavjud. Sönggi uç yilda elektr iste’moli 24 foizga ösgan va bu, tabiiyki, davom etadi.

Şu bois viloyatda jami qiymati 1,1 milliard dollar, quvvati 1 ming 228 megavatt bölgan uçta majmua loyihalaştirildi. Bular gidroelektr stansiyalar kaskadi hamda ikkita quyoş elektr stansiyasidir.

Jumladan, “Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati 434 million dollar evaziga Uyçi tumani, Norin daryosida 228 megavattli 6 ta “GES kaskadi”ni barpo qiladi. Buning natijasida yiliga 1 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi, 310 million metr kub gaz iqtisod qilinadi, 430 ming xonadonga elektr uzatiladi.

Bu GES töliq Özbekistonda işlab çiqarilayotgan uskuna va texnologiyalar hisobiga quriladi. Ya’ni u mamlakatdagi “birinçi milliy GES” böladi.

Bu stansiyalarda 133 kişi, quriliş davrida 4 ming odam işlaydi.

Pop tumanida Germaniyaning “Hyper Partners GmbH” kompaniyasi tomonidan 500 megavatt quvvatli quyoş elektr stansiyasi quriladi. Mazkur loyihaning qiymati 350 million dollar bölib, yillik işlab çiqariş hajmi 1 milliard 95 million kilovatt-soatni taşkil etdi.

Birlaşgan Arab Amirliklarining “Tepelen Group Holding Limited” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi quyoş elektr stansiyasi ham Popda quriladi. Uning ham qiymati 350 million dollar, quvvati 500 megavatt böladi.

Uşbu stansiyalarni şu yil yakuniga qadar tarmoqqa ulaş közda tutilgan. Ularda 120 kişi doimiy iş örniga ega böladi.

Mazkur loyihalar natijasida Namangan viloyatining generatsiya quvvatlari 2 141 megavattga yetadi. Yillik 7,8 milliard kWh elektr energiyasi işlab çiqariladi. Bu esa viloyatning elektr energiyasiga bölgan 5,5 milliard kWh'lik talabini töliq qoplaydi. Ortgan 30 foiz elektr Andijon va Farğona viloyatlariga yönaltiriladi.