25 mart kuni Özbekistonning barça hududlarida, viloyat, şahar va tumanlardagi hamma mahallalarda iftorlik dasturxonlari yozildi. Namangan viloyatidagi ehsonga Farğona va Andijon viloyati nuroniylari ham taşrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz musulmonlarini Ramazon oyi bilan yana bir bor tabrikladi.
– Bugun barçamiz – muhtaram ulamolarimiz va nuroniylarimiz, jamoatçiligimiz vakillari birgalikda iftor qilmoqdamiz. Yagona, ahil oila bölib yaşayotgan köpmillatli Özbekiston xalqi bugun göyoki bir dasturxon atrofida jam bölib ötiribdi. Öylaymanki, bu savobli tadbir inson qadrini uluğlaşga, ösib kelayotgan yoşlarimizni mana şunday olijanob ruhda tarbiyalaşga xizmat qiladi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.


Prezident bu işlarga hissa qöşayotgan iymon-diyonatli, saxovatli yurtdoşlarimizga taşakkur aytdi.
Keyingi yillarda xorijda öqiyotgan va işlayotgan vatandoşlarimizga ham munosabat özgardi. Ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, moddiy va ma’naviy qöllab-quvvatlaş böyiça salmoqli işlar olib borilmoqda. Jumladan, ularni Vatanimizga qaytariş, iş örni va daromad manbai bilan ta’minlaş, oila a’zolari va farzandlarini ijtimoiy himoyalaş yuzasidan muhim çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Yaqinda 40 dan ziyod ulamolar Rossiya, AQŞ, Janubiy Koreya, Turkiya, Misrga safarga yuborildi. U yerlardagi vatandoşlarimizni din-u diyonatga da’vat etiş bilan birga, hozirgi tahlikali vaziyatda ogoh bölib, qonunlarni hurmat qiliş, yomon yöllarga kirmaslik zarurligi haqida suhbatlar qilişdi.

Davlatimiz rahbari çet eldagi yurtdoşlarimizni ham uluğ ayyom bilan tabriklab, ularga soğliq-omonlik va omad tiladi.
Ma’lumki, yangilangan Konstitutsiyamizda “Özbekiston – ijtimoiy davlat” degan muhim qoida belgilab qöyilgan. Şu asosda mamlakatimizda mutlaqo yangi ijtimoiy himoya tizimi şakllanmoqda. Bu tizim birinçi navbatda ehtiyojmand kişilarga, jumladan, nogironligi bölgan, kam ta’minlangan, yetim qolgan, özgalar parvarişiga muhtoj insonlarga har tomonlama e’tibor va ğamxörlik körsatişga qaratilgan.
















