Tilançilikni öziga kasb qilib olgan ayollar pul işlaş maqsadida boşqalarning farzandlarini ijaraga olgani ma’lum böldi, deya xabar bermoqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi.
Uçtepa tumani IIO FMB boşliği örinbosari Abduraşid Oçilovning sözlariga köra, tumandagi masjidlar atrofi va çorrahalarda ötkazilgan tezkor tadbirda tilançilik bilan şuğullanib yurgan 26 nafar ayol aniqlangan. Ularning 13 nafar farzandi ta’lim doirasidan çiqib ketib şu iş bilan şuğullanib yurgani sababli Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştirilgan.
Bundan taşqari, 3 yoşga tölmagan, 1,5 yoşlar atrofidagi 3 nafar bola özining onasi bölmagan boşqa ayollar tomonidan tilançilik quroli sifatida foydalanilayotgani ma’lum bölgan. Bolalarni örnatilgan tartibda gödaklar uyiga joylaştiriş çoralari körildi, dedi Oçilov.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 188-3-moddasiga köra, tilançilik bilan şuğullaniş 1–3 BHM (340 ming sömdan 1 mln 20 ming sömgaça) ma’muriy jarima yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoq jazosiga sabab böladi.
Tilançilik uçun ma’muriy javobgarlikka tortilgan şaxs bu qilmişni takroran sodir etsa, Jinoyat kodeksiga asosan 240 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 1 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Şuningdek, ma’muriy va jinoiy javobgarlik kodekslarida bolalarni, qariyalarni, ruhiy holati buzilgan, nogironligi bölgan şaxslarni va boşqalarni tilançilik qilişga jalb etganlik uçun 5–10 BHM ma’muriy jarima yoki 3 yil ozodlikdan mahrum etişgaça bölgan jazolar közda tutilgan.













