Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga borayotgan, uşbu mamlakatda bölib turgan yoki çiqib ketayotgan Özbekiston fuqarolariga ogohlantiriş bilan çiqdi.
«Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida 22 mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat böylab xavfsizlik çoralari kuçaytirilmoqda.
Şu munosabat bilan, Rossiyaga borayotgan, uşbu mamlakat hududida bölib turgan yoki mamlakatdan çiqib ketayotgan yurtdoşlarimizdan uşbu xavfsizlik çoralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanişni söraymiz.
Xususan, şaxsni taqdiqlovçi va mamlakatda böliş yoki işlaş huquqini beruvçi hujjatlarni özlari bilan birga olib yuriş, jamoat joylarga sababsiz bormaslik, notaniş yoki şubhali insonlar bilan muloqotga kirişmaslik, telefon va boşqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik, safar rejalaştirilgan bölsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq boriş kabilar tavsiya qilinadi.
Yurtdoşlarimiz biror muammoga duç kelganda yoki özlarini qiziqtirgan boşqa savollar bilan mamlakatimizning konsullik idoralari yoki Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilişi mumkin», deyiladi xabarda.
- Sönggi rasmiy ma’lumotlarga köra, 22 mart kuni Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Holl» konsert zalida sodir etilgan terakt tufayli 139 kişi halok bölib, yana 182 kişi jarohatlangan. «Krokus»ga hujum uçun javobgarlikni IŞIDning «Xuroson viloyati» nomli bölimi öz zimmasiga olgan. Amerikalik rasmiylar terrorçilarning bayonoti haqiqiyligini tasdiqlagan.
- Bundan oldinroq, Qirğiziston TIV mamlakat fuqarolarini, xususan Rossiyada avval bir neça marta ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan qirğizistonliklarni RFdagi qöşimça xavfsizlik çoralari va çegaradan ötkazişning kuçaytirilgan rejimi bekor qilinmagunça bu mamlakatga bormay turişga çaqirgandi. Rossiyadagi qirğizistonliklardan odam köp töplanadigan joylarga bormaslik söralgan.













