Audioyozuvda qayd etilişiça, hukumat a’zolari prokurorlar orqali sud bayonnomalaridan korrupsion biznes operatsiyalarda özlarining iştiroki töğrisidagi dalillarni yöq qilişgan, deb yozadi Associated Press.

Biroq, sobiq adliya vaziri Yudit Varga korrupsiyani yaşiriş faktini rad etmoqda. U Facebook ijtimoiy tarmoğida bu bayonotni öşa paytda turmuş örtoği bölgan Peter Madyar talabiga köra aytganini ta’kidlagan. U sobiq erini oilaviy zöravonlik va manipulyatsiya qilişda ayblagan.
«Men tezroq undan qutiliş uçun u eşitişni istagan narsani sözlaşga majbur bölganman. Bunday vaziyatda har qanday qörquv ostida inson özi istamagan narsalarni gapirişga majbur böladi», — deb yozgan Varga.

Keyinroq Peter Madyar özining sobiq rafiqasining ayblovlarini rad etgan.
Qayd etib ötiş kerakki, muxolifatçi fevral oyida YouTube’dagi Partizan kanaliga intervyu berganidan söng maşhur bölib ketgan. Öşanda u Orban hukumati muxolifatdagilarga nisbatan informatsion tuhmat kampaniyalaridan foydalanayotganini gapirib bergan edi. Yaqinda Peter Madyar amaldagi hukumatga raqobatçi böluvçi öz partiyasini tuzişni e’lon qildi.
Yudit Varga Vengriya adliya vaziri bölib işlagan, biroq davlat mehribonlik uyida bolalar ustidan zöarovonlikni yaşirgan insonning afv qilinişi ortidan iste’foga çiqişga majbur bölgan edi.

Bu insonni amnistiya qilişni sobiq prezident Katalin Novak ham imzolagan. U ham iste’foga çiqişga majbur bölgan.












