26 mart kuni Osiyoda JÇ-2026 ikkinçi saralaş bosqiç 4-turi doirasidagi uçraşuvlar ötkazildi. Tur yakunlariga köra, Özbekiston milliy jamoasi va yana 5 jamoa hal qiluvçi bosqiç hamda Osiyo kubogi-2027 yöllanmasini naqd qilgan bölsa, qolgan jamoalar bu masalani 5-turda hal qiliş imkoniyatiga ega bölib turibdi.
Özbekiston milliy jamoasi Hongkong ustidan yirik ğalabaga (3:0) erişib, muddatdan oldin yakuniy bosqiç va Saudiya Arabistonida ötadigan Osiyo kubogi-2027 yöllanmasiga ega çiqdi. Guruhimizdan Eron ham Turkmanistonni safarda yengib, yöllanmalarga ega çiqdi.
Seşanba kuni Iroq, Janubiy Koreya va Xitoy öz öyinida yirik ğalabaga erişgan bölsa-da, ular orasidan faqatgina iroqliklar muddatdan avval 3-saralaş bosqiç va Osiyo kubogi-2027 yöllanmasini naqd qildi.
Avstraliya Livanni tor-mor etib, keyingi bosqiçga çiqqan bölsa, 100 foizlik körsatkiç qayd etayotgan Qatar va BAA ham muddatidan avval yöllanma sohibiga aylandi.
Şu tariqa, 6 jamoa – Özbekiston, Eron, Avstraliya, Iroq, Qatar va BAA JÇ-2026 3-saralaş bosqiçi va Osiyo kubogi-2027 masalasini hal qildi.
Qirğiziston milliy jamoasi «Dinamo» forvardi Kojo Joelning het-trigi evaziga Xitoy Taypeyi ustidan yirik hisobda (5:1) ğalabaga erişib, öz guruhida Ummonni töplar nisbatiga köra ortda qoldirdi va peşqadamga aylanib oldi. Qöşnilarimiz kelasi turda Bişkekda Malayziyani mağlub etsa, öz tarixida ilk marta 3-saralaş bosqiçiga yöllanmani qölga kiritişadi.
Osiyo kubogi mezboni Saudiya Arabistoni esa Duşanbeda Tojikiston bilan öyinda ğalabani qöldan çiqarib, keyingi bosqiç masalasini iyun oyiga qoldirişga majbur böldi. Bu guruhdagi ikkinçi yöllanma uçun esa Iordaniya va Tojikiston kuraş olib bormoqda. Qöşnilarimiz 5-tur doirasida 6 iyun kuni Iordaniya mehmoni böladi. Duşanbedagi bahsda Tojikiston sönggi daqiqalarda ğalabani qöldan çiqargan va bahs durang (1:1) natija bilan tugagandi. Ammandagi töqnaşuv sönggi turlardagi asosiy qarama-qarşilikka aylanişi aniq. Zero, Iordaniya fevral oyida Osiyo kubogi çorakfinalida Tojikistonni 1:0 hisobida mağlub etib, turnirdan çiqarib yuborgandi. Tojiklar Osiyo kubogi finalçisiga qarşi bahsda Qatardagi alamli mağlubiyat uçun ham revanş olişga intiladi.
JÇ-2026 ikkinçi saralaş bosqiç 4-tur natijalari:

























