Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.S. va boşqalar özaro til biriktirib, tijorat maqsadida Andijon şahri “Pistamozor” MFY hududidagi xonadonida yaşirin ravişda mayning kripto-aktivlari qurilmalarini örnatgani aniqlangan.

Ma’lum qilinişiça, ular 5 ta töplamdagi mayning qurilmasini umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, jami 438,7 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) va 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravişda amalga oşiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.