Endilikda Ukraina taşqi razvedkasini Oleg Ivaşenko egallaydi. Tegişli farmonlar Ukraina prezidenti saytida e’lon qilindi.

Danilov Zelenskiy jamoasining sodiq vakillaridan biri bölib, 2019 yildan buyon Ukraina Xavfsizlik kengaşi boş kotibi bölib işlayotgandi. OAV bilan faol aloqada bölgan Danilov frontdagi voqealarni faol muhokama qilib kelayotgandi.

Bungaça esa Danilov Luhansk meri bölib işlagan. 2006-2007 yillarda «Yuliya Timoşenko bloki»dan Oliy Radaga saylangan. Uning vaqtida Xavfsizlik kengaşi juda faol organga aylanib, amalda prezidentning fikrlarini ifoda eta bordi.

Danilov rahbarligida kengaş 2021 yilda jinoiy «avtoritetlar», kontrabandaçilar, rossiyaparast siyosatçilar va ular ta’siridagi OAVga qarşi sanksiyalar joriy qilgandi.

2024 yil 22 mart kuni Moskvada terakt amalga oşirilgaç, Rossiyaning NTV davlat kanalida Danilov göyoki Ukraina teraktga aloqadorligini tan olgani haqida feyk video efirga uzatilgandi.

Danilov iste’foga çiqarilganidan keyin özining Facebook sahifasida post qoldirdi: «Uruş vaqtida millatim va vatanimga xizmat qiliş imkonini bergani uçun taqdirdan minnatdorman», deb yozdi u.

Oleksandr Litvinenko kim?

Oleksandr Litvinenko
FOREIGN INTELLIGENCE SERVICE OF UKRAINE

Ukraina Xavfsizlik kengaşining yangi kotibi Litvinenko avvalgi mulozim Danilovga qaraganda ommaga unçalik taniş inson emas. Kiyevda tuğilgan, siyosiy fanlar doktori. Faoliyatini Ukraina Xavfsizlik xizmatida boşlagan. 1998 yildan 2007 yilgaça Strategik tadqiqotlar institutida işlagan. Orada ikki yil Xavfsizlik kengaşida işlaşga ham ulgurgan.

Petro Poroşenko vaqtida Xavfsizlik kengaşi boş kotibi örinbosari bölib işlagan. 2021 yil Zelenskiy uni Taşqi razvedka xizmati rahbari etib tayinlagan. U OAVda köp köriniş bermaydi va tahliliy maqolalar yozişni afzal köradi. Masalan, 2023 yil yozgan maqolalaridan birida Rossiya Ukraina bilan hali uzoq vaqt uruşişga tayyorligini yozgandi.

Litvinenkoning fikriça, Ukraina jamiyatidagi vaziyatning izdan çiqişi uruşda Rossiya ğalabasining asosiy kaliti böladi. U 2009 yilda Rossiya Ukrainaga hujum boşlaşini taxmin qilib maqola yozgan. Ukraina Xavfsizlik kengaşining ilk rahbari Volodimir Gorbulin bilan hammualliflikda yozilgan maqolaga «Katta qöşni qaror qildi. Ukraina endi nima qilişi kerak?» deb sarlavha qöyişadi.