Özbekistonda 1 apreldan boşlab avtotransport vositalarini olib kiriş tartibida özgariş röy beradi. Bu haqda “Rastamojka” Telegram-kanali xabar bermoqda.
Kanalning yozişiça, hukumatning tegişli topşiriğiga köra:
- 2024 yil 1 apreldan boşlab avtomaşinalar böyiça muvofiqlik sertifikati kimning nomiga berilgan bölsa, öşa şaxsning nomiga import bojxona rejimiga rasmiylaştiriladi.
- Boşqa jismoniy yoki yuridik şaxs nomiga berilgan muvofiqlik sertifikati asosida transport vositalari import bojxona rejimiga rasmiylaştirilmaydi.
Şuningdek, bojxona ombori rejimidagi tovarni boşqa şaxsga ötkaziş normasini avtotransport vositalariga nisbatan tatbiq etmaslik böyiça normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiriş kiritiş töğrisida hukumatga taklif kiritiş topşiriği berilgani aytilmoqda.
Kanal muallifi muvofiqlik sertifikati va utilizatsiya yiğimi “taşqi savdoni notarif boşqarişning asosiy instrumenti bölib qolayotgani”ni qayd etgan.
Amaldagi tartibga köra, xorijda jismoniy şaxs nomiga sotib olingan avtomobilni Özbekistonga olib kirgandan keyin uni bojxonada yuridik şaxs (importyor, avtosalon) nomiga rasmiylaştirib oliş va “sçet-spravka” asosida birlamçi bozorda sotiş mumkin. Yuqoridagi özgarişlar kuçga kirgan taqdirda, bunday imkoniyat bölmaydi, avtomobillarni faqat birlamçi xaridor nomiga bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş mumkin böladi.
Kun.uz bu borada ma’lumot berişni sörab Bojxona qömitasiga murojaat qildi.
Eslatib ötamiz, dekabr oyida xorijda işlab çiqarilgan yangi avtomobillarni faqat dilerlar tomonidan olib kirilişiga oid tartibni qayta tiklaş va jismoniy şaxslarning transport vositalarini tijorat maqsadida olib kirişini taqiqlaş haqidagi hukumat qarori loyihasi işlab çiqilgani ma’lum bölgandi.
Avvalroq “Özavtosanoat” bilan birga Jizzaxda elektromobil va gibrid avtomobillarni yiğişni taşkil etayotgan BYD kompaniyasi Özbekiston hukumatiga murojaat qilib, Özbekiston iqlimi va yöl şaroitlariga moslaştirilmagan holda, rasmiy kafolatsiz olib kirilayotgan BYD brendi ostidagi avtomobillar importini çeklaşni söragandi.













