Jizzax viloyatida spirtli içimlik iste’mol qilgan holda maşina boşqargan haydovçi piyodani urib yuborib, uning ölimiga sabab bölgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 21 mart kuni soat 21:00 larda Zafarobod tumanida sodir bölgan.
Spirtli içimlik ta’sirida bölgan 24 yoşli haydovçi Tiko maşinasi bilan harakatlanayotib yölning çetida masjidga borayotgan 54 yoşli piyodani urib yuborgan.
Söng jabrlanuvçiga zarur yordam körsatiş örniga voqea joyidan qoçib ketgan. Oqibatda oğir tan jarohatlari olgan piyoda voqea joyida vafot etgan.
YPX xodimlarining tezkor harakatlari natijasida piyodani urib yuborgan Tiko topilgan va uning haydovçisi uşlangan. Unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266- moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uçun, 2024 yil 19 mart kuni ham Jizzax viloyatida spirtli içimlik iste’mol qilgan haydovçi Nexia-2 maşinasi bilan 20 yoşli Milliy gvardiya xodimini urib yuborib, uning ölimiga sababçi bölgandi.












