O‘zbekiston | 08:32 / 29.03.2024
4921
2 daqiqa o‘qiladi

Ratsiyalardan tegishli ruxsatnomasiz foydalangan mansabdor shaxsga chora ko‘rildi

Buxoro shahrida radioelektron vositalaridan tegishli ruxsatnomalarsiz foydalanayotgan shaxsga chora ko‘rildi.

Foto: Shutterstock

Joriy yilning mart oyida  «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Buxoro viloyat hududiy shu’basi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Ichki ishlar xodimlari hamkorligida Buxoro shahrida radioelektron vositalardan ruxsatnomasiz foydalanishning oldini olish maqsadida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida Buxoro shahar A.G‘ijduvoniy ko‘chasi hududida joylashgan savdo majmuasida mansabdor shaxs J.J. tomonidan 6 dona BAOFENG BF-888S rusumli radioelektron vositalardan belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan foydalanilayotgani aniqlandi. 

Mazkur holat sabab, fuqaro tomonidan radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishning belgilangan qoidalari hamda davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablari buzilgan.

Ushbu huquqbuzarlik sabablari «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Buxoro viloyat hududiy shu’basi tomonidan o‘rganib chiqilib, «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi qonun 12-moddasi va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan «Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizom hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 152-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudiga yuborildi va mansabdor shaxsga nisbatan chora ko‘rildi. 

Mavzuga oid