Joriy yilning 27 mart kuni Lacetti rusumli avtomaşina haydovçisi avtomaşina salon qismiga ruxsatnomasiz miltillovçi (migalka) çiroq örnatib, özi va özgalarning hayotini xavf ostiga qöyib, qarama-qarşi harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, mazkur video örganilib, uşbu avtomaşina haydovçisiga nisbatan MJtKning 128-5-135-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
Haydovçi haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagani sababli, Özbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
“Haydovçi, unutmang yöl öyin maydoni emas. Barça haydovçilardan qoidalarga rioya qilişini söraymiz”, deyiladi xabarda.













