Prezident Şavkat Mirziyoyev «Yaşil makon» doirasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Jumladan, Nurafşon, Bekobod şahri, Örta Çirçiq, Toşkent va Ohangaron tumanlari hududidan 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlaştiriş boşqarmalariga beriladi.
Har 1 gektar uçun mahalliy budjetdan 100 million söm ajratilib, tomçilatib suğoriş tizimi joriy qilinadi. Yer tayyor holga keltirilib, daraxt ekiş xohişi bor aholiga özi istagan turdagi köçatni ekişi uçun şaroit yaratiladi.
Bu taşabbus ma’qullanib, har bir viloyatda kamida 20 gektardan yer ajratib, uşbu tajribani boşlaş topşirildi. Viloyat markazlari, Toşkent va Nukus şaharlaridagi kamida 2 tadan markaziy köçada mahalliy iqlimga mos gul köçatlarini ekib, ularni tematik köçaga aylantiriş muhimligi ta’kidlandi.
KUN FOTOSI

Prezident Şavkat Mirziyoyev ramazon oyi va yaqinlaşib kelayotgan Hayit bayrami munosabati bilan Namanganda yaşovçi 108 yoşli nuroniy Ibrohimjon hoji ota Xöjayevga Traverse avtomaşinasini tuhfa qildi.
Özbekistondagi axborot resurslariga kiberhujumlar 2,4 barobarga oşdi
2022 yilda UZ domenidagi axborot resurslariga 4,5 mln marta kiberhujum qayd etilgan bölsa, 2023 yilda bu körsatkiç 11 mlntaga yetgan. Raqamlar kibertajovuzlar 2,4 barobarga oşganini körsatadi.
Ammo internet tarmoğining milliy segmentida 2022 yilda 235 ta, 2023 yilda esa 158 ta kiberxavfsizlik hodisasi aniqlangan. Bu 2022 yilga nisbatan 32 foizga kamroq.
KUN RAQAMI
2024 yil yanvar-fevral oylarida savdo faoliyati bilan şuğullanuvçi 151 ming 387 ta yuridik şaxs tomonidan 3,7 TRLN SÖMdan ortiq soliq tölangan.
Özbekiston dunyo iqtisodiy erkinlik indeksida 6 poğona yuqoriladi
«Iqtisodiy erkinlik indeksi – 2024» reytingida Özbekiston 184 ta mamlakat orasida 55,9 ball bilan 103-örinni egallagan. Ötgan yilga qaraganda fiskal salomatlik (-13,2 ball) va davlat xarajatlari (-4,5 ball) masalasida ahvol sezilarli darajada













