Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida “Yaşil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekiş mavsumini taşkil qiliş hamda çiqindilar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazilyapti.

Davlat rahbari “Yaşil makon” doirasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Toşkent viloyatida daraxt ekiş böyiça boşlangan loyihaga köra, Nurafşon, Bekobod şahri, Örta Çirçiq, Toşkent va Ohangaron tumanlari hududidan 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlaştiriş boşqarmalariga beriladi. 

Har 1 gektar uçun mahalliy budjetdan 100 million söm ajratilib, tomçilatib suğoriş tizimi joriy qilinadi. Yer tayyor holga keltirilib, daraxt ekiş xohişi bor aholiga özi istagan turdagi köçatni ekişi uçun şaroit yaratiladi. 

Bu taşabbus ma’qullanib, har bir viloyatda kamida 20 gektardan yer ajratib, uşbu tajribani boşlaş topşirildi. 

Viloyat markazlari, Toşkent va Nukus şaharlaridagi kamida 2 tadan markaziy köçada mahalliy iqlimga mos gul köçatlarini ekib, ularni tematik köçaga aylantiriş muhimligi ta’kidlandi.