"Dunyo" xabariga köra, muloqot davomida Britaniyadan Özbekistonga turistlar oqimini oşiriş, mamlakat sayyohlik imkoniyatlari va yangi yönalişlarini hamkorlikda Britaniya keng ommasi örtasida tarğib etiş masalalari muhokama qilindi.
Jorj Kolvin Ipak yöli çorrahasida joylaşgan va turli madaniyatlarni birlaştirgan Özbekiston zamini Buxoro, Samarqand, Toşkent va Xiva singari qadimiy şaharlari hamda dunyoga maşhur tarixiy obidalari bilan britaniyalik sayyohlarni faol jalb etayotganini ta’kidlab ötdi.
Muzokaralar natijasida tomonlar joriy yilda 2500 nafar britaniyalik sayyohlarni mamlakatga yuboriş va Özbekiston sayyohlik jozibadorligini Britaniyada keng tarğib qiliş maqsadida yetakçi ommaviy axborot vositalarida mavzuga oid maqolalarni joylaştiriş töğrisida kelişib oldi.
1758 yilda taşkil etilgan Cox&Kings kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi eng qadimiy sayyohlik brendi hisoblanadi. Kompaniya, şuningdek, britaniyalik sayyohlar uçun xorijiy turlarni taşkil etişda ham yetakçi sanaladi.













