«Men heç kimni qörqitmoqçi emasman, lekin uruş ötmişga oid tuşunça bölişni töxtatdi. Bu juda real va bu ikki yil avval boşlandi», — dedi Polşa boş vaziri.
Uning bayonotlari Rossiya Ukrainaning energetika obektlariga raketa va uçuvçisiz uçoqlardan foydalangan holda navbatdagi yirik hujumni amalga oşirişga urinib körgan kunga töğri keldi. Ba’zi raketalar Polşa bilan çegaradoş Lviv viloyatiga yönaltirilgan. Polşa harbiylarining xabar berişiça, öqqa tutiş çoğida mamlakat harbiy-havo kuçlari va NATO mamlakatlari samolyotlari havoga kötarilgan.
Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari xabar berganidek, Ukrainaga 99 ta raketa va har xil turdagi uçuvçisiz uçoqlar uçirilgan. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari 58 ta dron va 26 ta raketani urib tuşirdi.
Şu bilan birga, Tusk Rossiya rasmiylarining Moskvadagi «Krokus Siti Xoll»ga uyuştirilgan hujumga Ukraina aloqadorligi haqidagi bayonotlariga izoh berdi. Kreml bunday da’volar uçun işonçli dalillar keltirmadi, ğarb davlatlari va ommaviy axborot vositalari bu ayblovlarni asossiz deb atadi.
Tusk ta’kidlaşiça, RFning Ukraina hujumga aloqadorligi haqidagi izohlari uning «Ukrainadagi tinç aholi manzillariga borgan sari şafqatsiz hujumlarni oqlaş istagi»ni körsatadi. Uning eslaşiça, şu hafta Rossiya kun davomida Kiyevga birinçi marta gipertovuşli raketalar bilan zarba bergan.
Polşa boş vaziri lavozimiga qaytganidan keyingi birinçi intervyusida Tusk (u 2007 yildan 2014 yilgaça bu lavozimni egallab kelgan) Yevropa hukumatlarini xavfsizlikni mustahkamlaş uçun köproq harakat qilişga çaqirdi.
Uning sözlariga köra, AQŞ prezidentlik saylovlarida kim ğalaba qozonişidan qat’i nazar – Donald Trampmi yoki Jo Baydenmi, agar Yevropa mudofaa masalalarida öziga köproq tayansa, Vaşington uçun foydaliroq hamkorga aylanadi.
Gap Yevropa Ittifoqining AQŞdan harbiy mustaqillikka intilişi yoki «NATOga parallel tuzilmalar» yaratişida emas, deb hisoblaydi Polşa boş vaziri. Unga köra, Polşa öz iqtisodining 4 foizini mudofaaga sarflaydi, boşqa Yevropa davlatlari esa bunga öz yalpi içki mahsulotining 2 foizini ajratişi kerak.
Şu bilan birga, butun Yevropa Ittifoqi öz xavfsizligi uçun kuraşişga psixologik jihatdan tayyor bölişi kerak, dedi Tusk.













