Rossiya Tergov qömitasining ma’lum qilişiça, Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»dagi teraktda gumon qilinganlar «öziga va’da qilingan mukofotni» oliş uçun Kiyevga ketayotgan bölgan. Tergov qömitasi ma’lumotlariga köra, ularning harakatlari Telegram’dagi «ovozli xabarlar orqali» «özini ularga taxallus bilan taniştirgan şaxs tomonidan muvofiqlaştirilgan», deyiladi idoraning 29 mart, juma kuni e’lon qilingan rasmiy bayonotida.
Avvalroq FSB direktori Aleksandr Bortnikov Moskva viloyatida «radikallar» yordamida sodir etilgan terakt Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlanganini aytgan edi. Unga köra, «Krokus Siti Xoll»ga hujum qilgan terrorçilar göyoki Yaqin Şarqda tayyorgarlikdan ötgan. Rossiya Xavfsizlik kengaşi rahbari Nikolay Patruşev ham hujumga Ukrainaning aloqadorligi taxmin qilinayotganini aytdi.
Jahon hamjamiyati «Krokus»dagi terakt IŞID tomonidan amalga oşirilgan deb hisoblayapti
Biroq, jahon hamjamiyatining aksariyati «Krokus»dagi terakt ortida IŞID terror taşkiloti yaçeykasi turgani haqidagi fikrga qöşilyapti. Xususan, Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer Moskva viloyatidagi fojiani «IŞID işi» deb atadi. AQŞ Davlat departamenti va Oq uy vakillari ham xuddi şu versiyaga amal qilyapti.
«Krokus Siti Xoll»dagi terakt uçun javobgarlikni IŞID guruhining özi ham öz zimmasiga oldi.













