Joriy hafta bozorlar uçun muhim voqealarga boy böldi. Xususan, payşanba kuni AQŞning IV çorak Yalpi içki mahsuloti (YaIM) haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi. Bu körsatkiç 3,4 foizni taşkil etgan. Bir kundan keyin esa Federal zaxira tizimi (FZT) raisi Jyerom Povel barçasi öylanganidek ketayotganini aytib, bozor iştirokçilarini tinçlantirişga urindi.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 25 martdan 29 martgaça bölgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.
AQŞ top fond bozorlari indeksi:
S&P500 – 5254 (hafta boşidan +0,39 foiz, yil boşidan +10,16 foiz);
NASDAQ – 18254 (hafta boşidan -0,46 foiz, yil boşidan +8,49 foiz);
DJI – 39807 (hafta boşidan +0,84 foiz, yil boşidan +5,62
foiz).
500 ta eng yirik kompaniyalardan tarkib topgan S&P500 indeksi 6 punktga, Dow Jones indeksi 47 punktga oşdi, NASDAQ indeksi esa 85 punktga pasaydi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2233 dollar(1 unsiyasi) hafta boşidan +3,18 foiz, yil boşidan +8,28 foiz;
- Kumuş – 24,8 dollar(1 unsiyasi) hafta boşidan +0,68 foiz, yil boşidan +4,61 foiz;
- Alyuminiy – 2333 dollar(1 tonnasi) hafta boşidan +1,41 foiz, yil boşidan -2,02 foiz:
- Mis – 4 dollar(1 funti) hafta boşidan +0,48 foiz, yil boşidan +3,34 foiz.
P.S: yuqorida qimmatbaho metallarning 1 unsiyasi narxi körsatilgan.
Qimmatbaho metallarning barçasi ösiş sur’atini taqdim etdi. Masalan, alyuminiy va oltin mos ravişda 33 dollar va 69 dollarga ösgan bölsa, kumuş va mis 17 va 2 sentga qimmatlaşdi.
Neft
- WTI – 83,06 dollar (hafta boşidan +2,87 foiz, yil boşidan +16,5 foiz);
- BRENT – 86,92 dollar (hafta boşidan +1,64 foiz, yil boşidan +12,82 foiz).
Hafta davomida neftning WTI markasi 2,32 dollarga, BRENT esa 1,4 dollarga qimmatlaşdi.













