Ukrainada uruşning 766-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya zarbasi Xarkiv oblastidagi eng yirik issiqlik elektr stansiyalaridan biri bölgan Zmiyevskaya IESni vayron qildi.
- Zelenskiy özining yaqin safdoşlaridan biri bölgan Sergey Şefirni prezident yordamçisi lavozimidan ozod etdi. Yana uç maslahatçi işdan böşagan.
- Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi sobiq kotibi Oleksiy Danilovni Ukrainaning Moldovadagi elçisi lavozimiga tayinlaşga rozi böldi.
- Belgorod şahri va çegara hududlardagi maktab öquvçilari otişmalar tufayli öquv yili oxiriga qadar masofaviy ta’lim şakliga ötkaziladi.
- Yevroittifoq Turkiyaning Southwind Airlines aviakompaniyasiga öz hududi ustidan parvozlar amalga oşirişni taqiqladi, aviakompaniya Rossiya bilan aloqalarda gumonlangan.
- Zelenskiy The Washington Post uçun bergan intervyusida AQŞ ukrain dronlarining Rossiya energetika infratuzilmalariga hujumlariga ijobiy qaramasligini aytdi. U Vaşington Ukraina özi işlab çiqargan qurollarni qöllaşiga monelik qila olmasligini qöşimça qilgan.
- «Mediazona» va BBC jurnalistlari Ukrainadagi uruşda halok bölgan 49 281 nafar rossiyalik harbiylar ölimini rasmiy manbalar orqali tasdiqladi.
- Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Xarkivga hujum qiliş qarori Rossiya qöşini uçun halokatli qaror bölişi mumkinligidan ogohlantirdi.
Kun kadri. Irpinda ukrain harbiylari uçun yodgorlik
Rossiya qöşini Kiyev yaqinidagi kiçik şahar Irpinni keng kölamli bosqinning ilk kunlarida egallab olgandi. 2022 yil 28 martida, Rossiya armiyasi Kiyev oblastidan çekinganida, şahar Ukraina qurolli kuçlari nazoratiga qaytadi. Irpin ozod etilganida u yerdan Rossiya okkupatsiyasi bosqini çoğida halok bölgan tinç aholi vakillarining 269 jasadi çiqadi. Irpin infratuzilmasining 30 foizi hamda binolarning taxminan 70 foizi töliq yöq qilingandi.






























