Rossiya Federal xavfsizlik xizmati («FSB»)ning 1 aprel, duşanba kuni bergan ma’lumotlariga köra, Doğistonda bir kun avval qölga olingan xorijliklar «Krokus Siti Xoll»dagi teraktni moliyalaştiriş va «terrorçilik vositalari bilan ta’minlaş» bilan şuğullangan. 

«Aniqlanişiça, qölga olingan jangarilar 22 mart kuni Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan teraktni moliyalaştiriş va ijroçilarga mablağlar taqdim etişda bevosita iştirok etgan», — deya TASS agentligi «FSB» xabaridan iqtibos keltirmoqda. Uşlanganlardan biri söroq paytida «Krokus Siti Xoll»ga hujum qilgan terrorçilar uçun Mahaçqal’adan Mitişçiga qurol olib kelganini aytdi, deb yozadi TASS.

Bundan taşqari, maxsus xizmat ma’lumotlariga köra, qölga olingan tört nafar xorijlik Kaspiyskda terakt tayyorlagan. Doğistonda uşlanganlar «hududda razvedka ötkazgan, qölbola portlovçi qurilma yasagan va avtomatik qurol sotib olgan», deb ta’kidlaydi «FSB».

Doğistonda terrorçilikda gumonlanganlarning qölga olinişi

31 mart, yakşanba kuni ertalab Doğistonda maxsus xizmatlar ötkazgan operatsiya vaqtida uç nafar qurolli şaxs qölga olindi. Ulardan qurol-yaroğ, öq-dorilar va foydalanişga yaroqli qölbola portlovçi moslama musodara qilindi. Milliy aksilterror qömitasi (MAQ) ma’lum qilişiça, ular terrorçilik hujumlarini rejalaştirgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 05:30 lar atrofida Kaspiysk şahri va Doğiston poytaxti Mahaçqal’aning ikki tumanida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etildi. Operatsiyada ayrim hududlar örab olingan, bir qator uylar aholisi evakuatsiya qilingan. Operatsiya davomida, MAQ ma’lumotlariga köra, maxsus kuçlar terrorçilar deb taxmin qilinganlarning tösib  qöydi. Tuşga yaqin ikki şaharda aksilterror operatsiyasi bekor qilindi.

«Krokus Siti Xoll»ga hujum

Moskva yaqinidagi Krasnogorskda «Krokus Siti Xoll» binosiga hujum 22 mart kuni keçqurun sodir böldi. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, avtomatlardan öt oçgan, bir neça portlaşlar eşitilgan va yonğin boşlangan. Sönggi ma’lumotlarga köra, terakt oqibatida 144 kişi halok bölgan, yana 551 kişi jarohatlangan.

Hujum uçun javobgarlikni IŞID terror taşkiloti öz zimmasiga oldi. Şu bilan birga, Rossiya rahbariyati teraktga Ukrainaning aloqadorligini taxmin qilmoqda. Kiyev, şuningdek, ğarb davlatlari, jumladan AQŞ va Germaniya bu ayblovlarni rad etadi.