Moskvada «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi teraktdan söng qölga olingan çeçenistonlik Asxab Uspanov bir neça soatdan keyin politsiya bölimida vafot etdi. Bu haqda «Agenstvo» naşri 1 aprel, duşanba kuni uning onasi Taisa Uspanovaga tayanib yozdi. Bundan uç kun avval uning ölimi haqida Çeçenistonning muxolifatdagi 1ADAT Telegram-kanali xabar bergan edi.
Taisa Uspanovaning sözlariga köra, uning öğli xotinining işiga ketayotganida qölga olingan. U bu qayerda sodir bölganiga aniqlik kiritmadi. Uşlanganidan söng Uspanov xotiniga qönğiroq qilgan: u uning oldiga kelmoqçi bölgan, lekin kelmaslikni söragan. Erkak politsiyada «öziga qarşi heç narsa yöqligini» aytgan, lekin keyinroq qaytib qönğiroq qilib, «xavfsizlik kuçlariga qöpollik qilganini» aytib, uni politsiya bölimidan olib ketişni söragan.
Uspanovning rafiqasi, onasi aytişiça, ikki soatdan keyin politsiyaga kelgan. U yerda unga «eri endi yöqligi»ni aytişgan. Uspanovning onasi öğli Çeçenistonda dafn etilganini da’vo qilmoqda, biroq jasad unga qanday holatda va qaçon berilgani, unda qiynoq izlari bor-yöqligi va ölim sababi nima ekanligini aniqlaştirmadi. Uning sözlariga köra, Uspanov teraktga aloqador bölişi mumkin emas.
«Agenstvo» Uspanovning quriliş sohasida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötganini aniqladi. «SPARK» tizimining ma’lumotlar bazasida uning yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi maqomi 22 mart kuni vafot etgani sababli tugatilganlar röyxatiga kiritilgan, deb yozadi naşr.
1ADAT: Uspanov qiynoqqa solingan
1ADAT Telegram-kanaliga köra, Uspanov işdan keyin uyiga qaytayotganida avtobus bekatida niqobli odamlar tomonidan hujumga uçragan va u ular xavfsizlik kuçlari ekanini tuşunmay, «qarşilik körsatgan». Telegram-kanal ta’kidlaşiça, söroq paytida xavfsizlik kuçlari erkakning qovurğalari va umurtqa poğonasini sindirgan, şuningdek, böğiş izlari va tanada keng tarqalgan kökarişlar bölgan.
1ADAT şuningdek, Uspanovning jasadi yorib körilgani tasvirlangan videoni ham e’lon qildi. Kadr ortidagi ovozning aytişiça, xavfsizlik kuçlari «jinoyatini yaşiriş» uçun öz joniga qasd qiliş holatini öylab topgan. Uspanovning onasi «Agenstvo»ga öğli musulmon bölgani uçun öz joniga qasd qila olmasligini aytdi.
«Krokus Siti Xoll»ga hujum
Moskva yaqinidagi Krasnogorskda «Krokus Siti Xoll» binosiga hujum 22 mart kuni keçqurun sodir böldi. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, avtomatlardan öt oçgan, bir neça portlaşlar eşitilgan va yonğin boşlangan. Sönggi ma’lumotlarga köra, terakt oqibatida 144 kişi halok bölgan, yana 551 kişi jarohatlangan.














