23-30 aprel kunlari Toşkent va Samarqand şahrida xokkey böyiça 18 yoşgaça bölgan sportçilar örtasida Osiyo va Okeaniya kubogi ötkaziladi. Unda 10 ta jamoa, jumladan, Özbekiston terma jamoasi ham iştirok etadi. 

Bu Özbekistonda Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) şafeligida ötkaziladigan birinçi rasmiy xalqaro turnirdir. 

Musobaqada mezbonlardan taşqari Hindiston, Indoneziya, Eron, Kuvayt, Makao, Malayziya, Möğuliston, BAA va Tailand terma jamoalari iştirok etadi. 

Iştirokçilar beşta jamoadan iborat ikki guruhga bölingan. Har bir jamoa raqib bilan bittadan öyin ötkazadi. Guruhlarida birinçi örinni egallagan jamoalar oltin medal, ikkinçi örinni egallagan jamoalar esa bronza medali uçun kuraş olib boradi. 

Qolgan iştirokçilar ham kuçli öntalikdagi örinlarni taqsimlaş uçun pley-off öyinlarini ötkazadi. 

Toşkentdagi «Humo Arena»da «A» guruhi öyinlari bölib ötadi. Unda Özbekiston, Tailand, Eron, Malayziya va Kuvayt ösmirlar terma jamoalari kuç sinaşadi. 

Samarqanddagi muz arenasida bölib ötadigan «V» guruhida Möğuliston, BAA, Hindiston, Makao va Indoneziya terma jamoalari iştirok etadi. 

Eslatib ötamiz, Özbekiston xokkeyçilari ötgan yilgi musobaqa ğolibi sifatida turnirni ötkaziş huquqini qölga kiritgan.