«Bu kuyov sening ajaling», derdim...
Ma’lum bölişiça, 28 yoşli Nodira Hamrayeva va uning turmuş örtoği oiladagi kelişmovçiliklar tufayli yaqinda ijara uyga köçib çiqişgan. Notinçliklar davom etavergani uçun ikki norasida bolasi bilan yana ota uyiga qaytib kelgan Nodira özining nomiga olingan köplab qarzlar tufayli yollanma işlarda işlagan. Tikuvçilik bilan şuğullangan, böş kunlarida tozalaş işlariga çiqqan
«Oilasi notinç edi, ajraştiraman, bu kuyov sening ajaling, derdim. Kuyovimiz nihoyatda ustamon, eşikdan haydasa teşikdan kelib, qizimni avrab-aldab, işontirib, heç kimga aytmasdan olib ketardi. 9 yil mobaynida 3 yil birga yaşab, 2 farzand körişdi.
Kuyov bölmiş qizimni olib borib, uni örtaga qöyib, qarzga tillafuruşdan tilla, mebelçidan mebel oldirgan. Kredit olib berasan, deganda «yöq» degani uçun kelib uyimizda janjal qildi. Uni körsak hammamiz qoçamiz, erimdan qörqmasam ham şu kuyovimdan qörqaman, oyoq-qölim qaltirab. Özim dökonda material sotaman.
Bundan 15 kun oldin uyimizga janjal qilib keldi. Turmuş örtoğim jigar sirroziga çalingan. Şuni aytib, «Biz qaridik, birortamizning ölimimizga sababçi bölib qolmang, keting», dedim. Şunda u “özimizga duşman orttirayotganimiz”ni aytdi. Xotini, bolalarini olib ketmoqçi böldi. Hamma har tomonga qoçdi. Xöjayinim hassada çiqqandi, uni urib taşladi. Tez yordam keldi, 102 keldi.
Sudga men borolmadim, qizim bordi. Sud zalining özida qizimga himoya orderi berildi. Kuyov 10 sutkaga qamaldi», — deb gapirib berdi marhumaning onasi Ra’no Sobirova.
10 sutka ma’muriy qamoq jazosini ötab çiqqanidan keyin kuyov yana Nodiraning oldiga qatnay boşlaydi. Yollanma işda işlayotgan joyini topib boradi va şifokorga körsatişini aytadi. Çunki qattiq stresslar oqibatida ayolning yuzida biroz doğ paydo bölgan va davolanib kelayotgan edi. Eri unga qarzga olingan tillalarning pulini ham berişini aytadi.
«Aya, men böğilyapman...»
Ona qiziga «unga işonma, menga köp marta «sizlarda alamim bor, baribir qizingni yalanğoç qilib, nogironlik aravaçasiga ötqazaman», deb aytyapti, desa, «qölini tekkizolmaydi, meni himoya orderim bor», degan.
«Şu tillaçidan olingan 3 mln qarzni beradi, degan umidda meni bolam ketdi. Çunki qarz sörab kelişganda uyalganidan rastaning tagiga kirib ketardi — eriga olib bergan-da.












