Boş prokuratura xabariga köra, huquqbuzarliklar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Körilgan çoralar natijasida mahallalarning 7 762 tasida yoki 82,2 foizida jinoyat qayd etilmadi. 1 364 tasi yoki 14,4 foizida jinoyatçilik barqaror saqlanib qolinişiga va kamayişiga erişildi.
Tezkor-qidiruv sohasida ham nazorat kuçaytirilib, noaniq şaroitlarda sodir etilgan 4 562 ta jinoyat foş etilişi hamda qidiruvda bölgan 1 265 nafar şaxsning uşlanişi ta’minlandi.
Tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv va dastlabki tergovda qonunçilikka rioya etilişini ta’minlaş çoralari doirasida suriştiruv va tergov organlarining 10 602 nafar şaxsga nisbatan 8 505 jinoyat işi örganilib, sudlarga yuborildi. Bevosita prokuratura organlari tomonidan 2 323 jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov ötkazilib, 1 960 nafar şaxsga nisbatan 1 288 jinoyat işi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan 602,5 milliard sömlik zarar undirildi.












