Isroil prezidenti Itsxak Gersog 2 aprel, seşanba kuni World Central Kitchen (WCK) xayriya taşkiloti asosçisi Xose Andresga qönğiroq qilib, Isroil mudofaa kuçlarining qasddan bölmagan hujumi natijasida WCK yetti nafar xodimi fojiali halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. TsAHAL Ğazo sektoridagi gumanitar yordam karvoniga zarba bergan. 

Andres bilan telefon orqali suhbatda Gersog «özining çuqur qayğusini bildirdi va fojiali yöqotiş uçun çin dildan keçirim söradi», deb xabar berdi Isroil prezidenti idorasi matbuot xizmati. Itsxak Gersog voqea atrofliça örganilişiga va’da berdi. X mikroblogida e’lon qilingan bayonotda Isroil davlati rahbari Andresga xayriya taşkiloti isroilliklar va falastinliklarga körsatgan yordami uçun ham minnatdorçilik bildirdi. 

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu öz videomurojaatida isroillik harbiylarning Ğazo sektorida begunoh odamlarga «beixtiyor» zarba berganini «fojiali voqea» deb atadi. «Bu uruş paytida sodir böldi. Biz buni diqqat bilan örganmoqdamiz, halok bölgan xorijliklar hukumati bilan aloqadamiz va bu yana takrorlanmasligi uçun hamma narsani qilamiz», - dedi Netanyahu. 

WCK ma’lumotlariga köra, TsAHAL qöşinlari Ğazo sektori markazidagi Dayr al-Balaxdan janubda ularning karvoniga zarba berganida taşkilot yetti nafar a’zosi halok bölgan. Avtomobillar dengiz orqali Ğazo sektoriga olib kelingan 100 tonnalik insonparvarlik yordamini joyiga yetkazgandan söng qaytib ketayotgan edi. Şu bilan birga, WCK kolonna harakati Isroil harbiylari bilan muvofiqlaştirilganini ta’kidladi. 

Halok bölganlar orasida Avstraliya, Polşa va Britaniya fuqarolari, şuningdek, AQŞ va Kanada fuqaroligiga ega bölgan bir erkak va bir falastinlik bor. 

WCK taşkiloti haqida 

World Central Kitchen xayriya taşkiloti AQŞda ispaniyalik maşhur oşpaz Xose Anders tomonidan 2010 yilda Haitidagi vayronkor zilziladan keyin taşkil etilgan. Öşandan beri taşkilot butun dunyo böylab ofat hududlaridagi odamlarni oziq-ovqat bilan ta’minlab kelmoqda. Isroil armiyasiga köra, WCK 2023 yil 7 oktyabr kuni HAMAS hujumidan keyin Isroilga yordam körsatgan dastlabki nodavlat taşkilotlardan biri bölgan. 

Isroil-Falastin mojarosi