Xöş, oxirgi 3 yilda elektromobillar bozorida qanday özgarişlar böldi? Oxirgi yarim yilda pasaygan narxlarning keyingi dinamikasi böyiça qanaqa kutilmalar bor?

Bu kabi savollarga “Did Motors” avtosaloni rahbari, avtobloger Dilşod Abdullayev, “AJ Motors” avtosaloni ta’sisçisi Jamşid Qosimov va savdo direktori Akmal Ziyoyev, “King Motors” avtosaloni rahbari, avtobloger Xurşid Mahamadov javob berişdi.

— Oxirgi vaqtlarda elektromobillarga talab dinamikasi qanaqa böldi?

Dilşod Abdullayev: Boşida sal kamroq edi, odamlar çöçidi. Bizda hamma joyda ham tok kuçlanişi 220 volt emas. Lekin hozirgi kunga kelib talab juda oşgan, çunki benzin muammosi, köpçilik gazda navbatda turişdan çarçagani uçun töliq elektromobilga ötib ketyapti. Uzoq yölga yuradiganlar esa gibrid – ham tokda, ham benzinda yuradigan avtomobillarni xarid qilişyapti.

Jamşid Qosimov: Talab dinamikasida ança ösiş bor. Bunga asosiy sabab – Özbekistonda işlab çiqarilayotgan Chevrolet avtomobillariga raqobatbardoş avtomobillar kirib kela boşladi. Özbekistonda yoqilği – benzin, gaz muammosi qiyinlaşib borişi oqibatida elektromobilga talab oşmoqda. Endi şakllanib borayotgan soha bölgani uçun bu faqat ösişda davom etadi.

Xurşid Mahamadov: Dinamika har doim ösişga qarab ketyapti, çunki bu yangilik. Elektromobil bozorimiz hali böş, benzinli maşinalarga soliştirganda 10 foizga ham yetmadik. Talab yildan yilga ösib boradi.

– 2024 yilda talab qanday böladi deb öylaysiz?

Dilşod Abdullayev: Albatta, oşadi deb öylayman, çunki butun dunyo şu narsaga ötyapti. Eng qimmat sport maşinalar ham, dvigatel bilan dunyo rekordlarini urgan Ferrari avtomobillari ham elektromobillarga ötyapti. Öylaymanki, Özbekistonda ham elektromobillar keskin köpayadi. Bu havoga ham foyda böladi. Odamlar benzin, gaz quyişdan baribir çarçagan.

Xurşid Mahamadov: Benzin narxi qimmatlaşib boryapti, odamlar elektrni tanişni boşlayapti. Yon-atrofidagi odamlar olyapti, ulardan maslahatlaşişyapti. Haqqoniy fikrlarni haydovçilardan olişyapti.